![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b3/Ciampino%25E2%2580%2593G._B._Pastine_International_Airport_in_2018.04.jpg/640px-Ciampino%25E2%2580%2593G._B._Pastine_International_Airport_in_2018.04.jpg&w=640&q=50)
Rim Champino aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
"G. B. Pastine" Rim-Champino xalqaro aeroporti (IATA: CIA, ICAO: LIRA)Italiya poytaxti Rimga xizmat qiladigan Fiumichino aeroportidan keyingi ikkinchi oʻrindagi xalqaro aeroportdir. U Rimning markazidan 6.5 NM (12.0 km; 7.5 mi) janubi-sharqda[1], Katta halqa yoʻlining tashqarisida (italyancha: Grande Raccordo Anulare yoki GRA) joylashgan qoʻshma fuqarolik, tijoriy va harbiy aeroport hisoblanadi.
Qisqa faktlar „G. B. Pastine“ Rim-Champino xalqaro aeroporti Aeroporto Internazionale di Roma–Ciampino "G. B. Pastine", IATA kodi: CIA – ICAO kodi: LIRA ...
„G. B. Pastine“ Rim-Champino xalqaro aeroporti Aeroporto Internazionale di Roma–Ciampino "G. B. Pastine" | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
IATA kodi: CIA – ICAO kodi: LIRA | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik / Harbiy | ||
Egasi | Mundys | ||
Operator | Aeroporti di Roma | ||
Xizmat doirasi | Rim metropolitan hududi / Vatikan shahri | ||
Joylashuvi | Champino, (RM), Italiya | ||
Havo yoʻli tuguni | Ryanair | ||
Dengiz sathidan balandligi | 427 ft / 130 m | ||
Koordinatalari | 41°47′58″N 012°35′50″E | ||
Vebsayti | adr.it/ciampino | ||
Xarita | |||
Aeroportning Italiya xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
15/33 | 2,208 | 7,244 | Bitumen |
Maʻlumotlar (2022) | |||
Yoʻlovchilar soni | 3,475,902 | ||
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi 21-22 | ![]() | ||
Parvozlar soni | 42,317 | ||
Parvozlar sonining oʻzgarishi 21-22 | ![]() | ||
Manba: Yevronazoratdagi Italiya AIP[1] Assaeroporti statistikasi[2] |
Yopish
Aeroport koʻplab lou-kosterlar va umumiy aviatsiya harakati uchun muhim markazdir. Shuningdek, u harbiy aeroport va Italiya havo kuchlarining 31º Stormo va 2-Reparto Genio shu yerda baza qilgan. Aeroportga Birinchi jahon urushida qatnashgan italiyalik dirijabl uchuvchisi Jovan Battista Pastine nomi berilgan.