From Wikipedia, the free encyclopedia
Qorasuv — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi shahar (1960-yildan). Oʻsh-Qorasuv vohasida, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Aholisi 17,9 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Andijon — Jalolobod temir yoʻl liniyasida. Q.dan Oʻshga temir yoʻl shoxobchasi oʻtgan (22 km). Paxta tozalash, moy ekstraksiya, avtomobil taʼmirlash zavodlari, avtokorxona, un mahsulotlari kti bor. Avtovokzal, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi.
Qorasuv | |
---|---|
shahar | |
40°42′0″N 72°53′0″E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Viloyat | Oʻsh |
Tuman | Qorasuv |
Hukumat | |
• Hokim | Ahmadjon Rahimov |
Qachondan beri shahar | 1960 |
Maydon | 387 km2 (149 kv mi) |
Markazi balandligi | 780 m |
Rasmiy til(lar)i | qirgʻiz, rus |
Aholisi (2009) |
20 900 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, qirgʻizlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | 3232 |
Avtomobil kodi | O, Z |
|
Qorasuv — (qirgʻizcha: Кара-Суу) - Qirgʻizistondagi shahar, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumanining maʼmuriy markazi. 1960-yili shahar maqomi berilgan aholisi soni 21 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 38,7 km². Viloyat markazi sanalmish Oʻsh shahridan 24 km uzoqlikda va mamlakat poytaxti Bishkekdan 650 km uzoqlikda joylashgan. Shaharda 10 maktab, 1 gimnaziya, 1 musiqa maktabi va 3 bolalar bogʻchasi 6 bozor bor. Shuningdek Qorasuvning oʻzida 3 joʻme masjid, 15 yaqin mahalla masjidlar, 3 kasalxona, 1 poliklinika, 1 istiroxat bogʻi hamda Qorasuv tumanidagi madaniyat uyi bor.
Qorasuv shahri Qirgʻizistonning eng rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda:
Qorasuvning aholisi asosan savdo sotiq bilan shugʻillanadi shaharda 11 asadorlik jamiyati, 6 masuliyati cheklangan jamiyati va 45 yaqin kichik ishxonalar bor. Shaharda non va nonmahsulotlari un qayta ishlanib eksport qilinadi. Qorasuv shahri Qirgʻiziston janubiga kirib keluvchi yagona temir yol mavjud poezdlar avval Qorasuv punktga tushirilib kegin boshqa shaharlarga elitiladi. Qorasuv markazi bozorida 2010-yilga qadar bozirda 10 000 cavdogor 15 000ga yaqin ishchilar ishbilan tamillangan edi.
Shahar aholisi 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 21 000 ga yaqin. Qorasuv aholisi juda zich joylashgan.
Shaharda sportning 5 xil turi mavjud yoshlar asosan erkinkurash va futbol bilan shugʻulanadi 10 ga yaqin sport inshoatlari mavjud.
Ulardan Roʻzi ohun xoji erkin kursh sport saroyi
Shaharda 1992-yildan 2010-yilgacha Mirahmedov Tolibjon nomidagi Oʻzbek milliy-madaniy markazi ishlagan.
Qorasuv aholisining 98%-ini musulmonlar tashkil qiladi.[1] Shaharda; ikkita joʻme masjid
va 15 ga yaqin kichik masjidlardan tashkil topgan. Quroni Karim o'rganish ilmiy markazi joylashgan
Alouddin Mansur — imom, islomshunos tarjimon. Qurʼonni oʻzbek tiliga izoh berib tarjima qilgan. Ushbu tarjima ilk bor Sharq Yulduzi oynomasida chop etilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.