From Wikipedia, the free encyclopedia
Imom al-Buxoriy masjidi – Qorasuv shahar markazida joylashgan jomʼe masjid.
Masjidning boshchisi, yaʼni masjid rahbari – Alouddin Mansur, bosh imom hatibi – Ibrohimjon domla.
Imom al-Buxoriy jom’e masjidi 1998-yili shayx Alouddin Mansur tashabbusi bilan bunyod etilgan. Masjidga oldingi holatida 1200 namozxon sigʻgan. 2006-yili masjid qayta taʼmirlangan va masjid oldiga ikki qavatli 4 ta katta xonadan iborat honaqohlar qurilgan hamda yangi 14 kishiga moʻljallangan tahoratxona va masjidning oʻng tarafiga 40 metrlik yangi minora barpo etilgan.
Qirgʻiziston respublikasi Oʻsh viloyati Qorasuv shahrida joylashgan Minoraning ahamyati shundaki, u Qirgʻiziston hududi boʻyicha eng baland minora boʻlib hisoblanadi. Markaziy Osiyo boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallaydi, birinchi oʻrinni esa Toshkent shahridagi markaziy masjid minorasi egallaydi. Uning balandligi 60 metrni tashkil etadi.
Masjid 2006-yili qayta taʼmirlangandan keyin, masjid umumiy 4000 kishini oʻz bagʻriga sigʻdiradigan boʻldi. Ayrim holatlarda, masalan, iyd-ul fitr hayiti kunlari masjidga 6000 ga yaqin kishi keladi va ular ilojsizlikdan masjid tashqarisida namoz oʻqishadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.