![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bc/Deligne.jpg/640px-Deligne.jpg&w=640&q=50)
Pierre Deligne
belgiyalik matematik / From Wikipedia, the free encyclopedia
Pierre Deligne (talaffuzi: Pyer Delin) (1944-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — belgiyalik matematik. Deligne 1973-yilda Weil gipotizasini toʻliq isbotlab, shuhrat qozongan. U 1978-yilgi Fields medali[1], 1988-yilgi Crafoord mukofoti, 2008-yilgi Wolf mukofoti va 2013-yilgi Abel mukofoti sovrindori[2]. Deligne Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Jean-Pierre Serre, John Milnor, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).
Pierre Deligne | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
3-oktyabr 1944-yil (1944-10-03) (79 yosh) Etterbeek, Belgiya |
Fuqaroligi | Belgiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Perspektiv tadqiqotlar instituti Ilmiy tadqiqot oliy instituti |
Taʼlimi | Bruxelles ozod universiteti |
Akademik rahbarlari | Alexander Grothendieck |
Mashhur shogirdlari |
Lê Dũng Tráng Miles Reid Michael Rapoport |
Mashhur ishlari |
Weil gipotezasi isboti notoʻgʻri bogʻlamlar |
Mukofotlari |
Fields medali (1978) Crafoord mukofoti (1988) Balzan mukofoti (2004) Wolf mukofoti (2008) Abel mukofoti (2013) |
Deligne Bruxellesda tugʻilgan, Bruxelles ozod universitetida tahsil olgan[3]. Deligne Alexander Grothendieck rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganidan soʻng, u bilan Parij yaqinidagi Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan[4]. 1968-yilda esa Jean-Pierre Serre bilan ishlagan. U, shuningdek, David Mumford bilan algebraik chiziqlar modullari fazolarini tasvirlash masalasi boʻyicha hamkorlik qilgan.
1970–1984-yillarda AQShda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan, bir vaqtning oʻzida Ilmiy tadqiqot oliy institutining doimiy xodimi boʻlib qolgan. Perspektiv tadqiqotlar institutida u algebraik geometriya sohasiga tegishli boʻlmagan koʻplab muhim ilmiy ishlar ustida ishlagan.