Abel mukofoti
matematiklarga beriladigan mukofot / From Wikipedia, the free encyclopedia
Abel mukofoti (inglizcha: Abelprisen; norv.: Abelprisen) — har yili Norvegiya qiroli tomonidan bir yoki undan koʻp matematikka ilmga qoʻshgan yirik hissasi uchun beriladigan mukofot. Mukofot norveg matematigi Niels Henrik Abel (1802–1829) nomi bilan ataladi va Nobel mukofotiga qarab taʼsis qilingan. Mukofot sovrindorlariga 6 million norveg kronasi (€600,000 yoki $660,000) miqdorida pul mukofoti beriladi.
Abel mukofoti | |
Abel mukofoti Oslo universitetida topshiriladi | |
Mukofot sohasi | Matematika |
Tashkilotchi | Norvegiya hukumati |
Mamlakat | Norvegiya |
Joy | Oslo universiteti |
Birinchi berilgan yili | 2003 |
Oxirgi berilgan yili | 2019 |
Rasmiy vebsayti |
---|
Mukofotning kelib chiqishi 1899-yilga borib taqaladi. Norveg matematigi Sophus Lie Alfred Nobelning mukofotlari matematiklarga berilmasligi haqida xabar topganidan keyin, matematiklar uchun alohida mukofot joriy qilishni taklif qilgan. 1902-yil Shvetsiya qiroli Oscar II Nobel mukofotlariga hamroh matematika mukofotini moliyalashtirish istagini izhor qilgan, ammo 1905-yilda Norvegiya va Shvetsiya ittifoqi tugagani uchun mukofotni joriy qilish rejasi amalga oshmay qolgan. Oradan deyarli bir asr oʻtib, 2001-yil Norvegiya hukumati mukofotni nihoyat joriy qildi. Mukofot sovrindorlarini Abel qoʻmitasi tanlaydi. Qoʻmita aʼzolarini esa Norvegiya fanlar akademiyasi tayinlaydi.
Mukofot Oslo universitetida topshiriladi. 1947–1989-yillarda ayni universitetida Nobel tinchlik mukofoti topshirilgan. Abel mukofoti kengashi Abel simpoziumiga asos solgan boʻlib, uni Norvegiya matematika jamiyati uyushtirib keladi.