John Milnor
amerikalik matematik / From Wikipedia, the free encyclopedia
John Willard Milnor (talaffuzi: Jon Uillard Milnor) (1931-yil 20-fevralda tugʻilgan) – amerikalik matematik. Milnor differensial topologiya, K-teoriyasi hamda dinamik tizimlar sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Milnor Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti[1] bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, Jean-Pierre Serre, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).
John Willard Milnor | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
20-fevral 1931-yil (1931-02-20) (93 yosh) Orange, New Jersey |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Stony Brook universiteti |
Taʼlimi | Princeton universiteti |
Akademik rahbarlari | Ralph Fox |
Mashhur shogirdlari |
Tadatoshi Akiba Jon Folkman John Mather Laurent C. Siebenmann Michael Spivak |
Mashhur ishlari |
Ekzotic sferalar Fary–Milnor teoremasi Milnor teoremasi Milnor–Thurston qorish teoriyasi Surgery theory |
Mukofotlari |
Putnam sovrindori (1949, 1950) Sloan stipendiyasi (1955) Fields medali (1962) Milliy fan medali (1967) Steele mukofoti (1982, 2004, 2011) Wolf mukofoti (1989) Abel mukofoti (2011) |
Milnor 1964-yildan beri Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi aʼzosidir. 1994-yil Rossiya fanlar akademiyasining xorijlik aʼzosi etib tayinlangan.
Milnor Princeton universitetini tamomlagan. Mashhur topolog Ralph Foxning shogirdi. Milnor Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida va Stony Brook universitetida ishlagan.