Phu Quoc xalqaro aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Phu Quoc xalqaro aeroporti (vyetcha: Sân bay quốc tế Phú Quốc yoki Cảng hàng không quốc tế Phú Quốc) (IATA: PQC, ICAO: VVPQ) – Vyetnam janubidagi Phu Quoc shahrida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport shahardan tashqaridagi Duong To hududida qariyb 900 gektar maydonni egallaydi. U taxminan 16,2 trillion dong ($810 mln) qiymatida qurilgan va bosqichma-bosqich qurilishi rejalashtirilgan. Aeroport oldingi Phu Quoc aeroportidan 10 km uzoqlikda joylashgan va uning oʻrnini egallagan. Aeroport dastlab yiliga 2,5 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga imkoniyatiga ega edi, maksimal sigʻimi esa yiliga 7 million yoʻlovchini tashkil qiladi. Aeroportda Airbus A350 va Boeing 747 kabi samolyotlarni qabul qilishga qodir boʻlgan yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud[2]. Qurilish 2012-yilning noyabr oyida yakunlandi va 2012-yil 2-dekabrda foydalanishga topshirildi[3][4]. Vetnam hukumati aeroport orol plyajlarida dam oluvchi xalqaro sayyohlarning kelishini osonlashtirishini kutmoqda.
Phu Quoc xalqaro aeroporti Sân bay quốc tế Phú Quốc Cảng hàng không quốc tế Phú Quốc | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: PQC – ICAO kodi: VVPQ | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi/Operator | Vyetnam aeroportlari korporatsiyasi | ||
Joylashuvi | Duong To, Phu Quoc | ||
Ochilgan | 2-dekabr, 2012-yil ( 11 yil avval) (2012-12-02) | ||
Dengiz sathidan balandligi | 37 ft / 11 m | ||
Koordinatalari | 10°10′18″N 103°59′28″E | ||
Vebsayti | http://phuquocairport.vn/ | ||
Xarita | |||
Aeroportning Vyetnam xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
10/28 | 9,843 | 3,000 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2019) | |||
Yoʻlovchilar soni | 3,700,205 (![]() | ||
Manba: Taseco Airs[1] |