Oʻzini oʻldirish
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzini oʻldirish, oʻz joniga qasd qilish, xudkushlik yoki suitsid (lotincha: sui caedere) oʻz hayotiga oʻz ixtiyori bilan chek qoʻyishdir.
Oʻzini oʻldirishlikka jamiyatning munosabati din, shaʼn hamda hayot maʼnosi mavzulariga aloqador boʻlib kelgan. Aksar dinlar, masalan, Yahudiylik, Xristianlik, Islom, Buddizm, Hinduizm kabilar oʻzini oʻldirishi qoralashadi va gunoh deb baholashadi; biroq baʼzi islomiy va xristian sektalar xudkush bomba hujumlarini oqlashadi, ularni bajarganlarga shahid statusini vaʼda etishadi. Yaponiyadagi samuraylar davrida esa oʻzini oʻldirish oʻz shaʼnini himoya qilish maqsadida bajarilgan va ijobiy baholangan. Shuningdek urush vaqtida kamikazelik harbiy qahramonlik deya koʻrilgan.
Oʻzini oʻldirish jamiyatda hamon qattiq qoralanadi; biroq bedavo kasallikka chalingan bemorlarning tibbiy yordamni qabul qilmay qoʻyish yoki evtanaziyani tanlash huquqi bahs ostidadir.
Zamonaviy tibbiyot odatda oʻzini oʻldirishni ruhiy nosogʻlomlikka yoʻyadi va bunday kishilarga ruhiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblaydi.
Dunyoda har yili millionga yaqin odam oʻzini oʻldiradi, 10-20 millionta xudkushlikka omadsiz harakat boʻladi.[1] Rossiyada har yili 60,000[2], AQShda taxminan 30,000[3], Yaponiyada 30,000 dan ziyod[4] va Xitoyda 250,000 nafar kishi xudkushlik oqibatida vafot etadi.[5]
Oʻrin | Mamlakat | Yil | Erkaklar | Ayollar | Jami |
1. | Litva | 2003 | 74.3 | 13.9 | 42.1 |
2. | Rossiya | 2002 | 69.3 | 11.9 | 38.7 |
3. | Belarus | 2003 | 63.3 | 10.3 | 35.1 |
4. | Qozogʻiston | 2002 | 50.2 | 8.8 | 28.8 |
5. | Sloveniya | 2003 | 45.0 | 12.0 | 28.1 |
6. | Vengriya | 2003 | 44.9 | 12.0 | 27.7 |
7. | Estoniya | 2002 | 47.7 | 9.8 | 27.3 |
8. | Ukraina | 2002 | 46.7 | 8.4 | 26.1 |
9. | Latviya | 2003 | 45.0 | 9.7 | 26.0 |
10. | Yaponiya | 2002 | 35.2 | 12.8 | 23.8 |
Koʻpincha oʻzini oʻldirish qilmoqchi boʻlganlar oʻlishni istashmaydi, ular faqatgina atrofdagilarning eʼtiborini oʻziga qaratmoqchi, yoxud shantaj qilmoqchi boʻlishadi. Bunday kishilar odatda oʻlimga olib bormaydigan jarohatlar bilan oʻzlariga shikast yetkazadilar (masalan, sirka kislotasi, uyqu dori ichish, ustara bilan bilak tomirlarini kesish) yoki namoyishkorona harakatlar qiladilir (masalan, baland inshootlar tomiga chiqib, odam yigʻilishini kutib, oʻzini pastga tashlamoqchidek boʻlish). Lekin baʼzan bu harakatlar ehtiyotsizlik tufayli oʻlimga olib kelishi mumkin.
Boshqa tomondan, jiddiylikcha oʻlmoqchi boʻlib, lekin tibbiyot va anatomiyadan bexabarligi tufayli oʻlmay qoladigan odamlar ham bor; ularni soxta xudkushlikda ayblab boʻlmaydi.
Sabablar turlicha boʻlishi mumkin. Quyida ularga misollar keltirilgan:
Otashli qurollar qonuniy sotiladigan mamlakatlarda oʻzini oʻldirishlar asosan shunday qurollar yordamida amalga oshiriladi. AQShdagi jami xudkushliklarning 55%'i shunday usul bilan sodir boʻlgan (2001 yilga koʻra).[7] Shuningdek asfiksiya (oʻzini osish, tabiiy gaz bilan boʻgʻilish) va zaharlanish ham koʻp qoʻllanadi. Boshqa usullar (baland imorat tomidan, derazalaridan sakrash, avtomobil ostiga yotish, ustara bilan kesish, choʻkish kabilar) nisbatan kam ishlatiladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.