From Wikipedia, the free encyclopedia
Absurdizm (ingl. absurd soʻzidan) - insoniyatning hayot maʼnosini topish yoʻlidagi harakatlari mantiqsizligiga ishonuvchi, bunday maʼnoning oʻzi mavjud emasligini taʼkidlovchi falsafiy oqim. Absurdizm ekzistensializm toifasiga kiradi.
Absurdizm gʻoyalari XIX asr faylasufi, daniyalik Søren Kierkegaard tomonidan shakllantirila boshlandi. Kierkegaard fikrlarining ekzistensialist tizimiga qo'shilishiga esa fransuz faylasufi va adibi Albert Camus yozgan Sizif Asotiri kitobi turtki boʻldi. Ikkinchi Jahon Urushidan soʻnggi vayronagarchiliklar va iqtisodiy tushkunlik odamlar orasida absurdist qarashlarni kuchaytirdi.
Camus'dan bir asr avval Søren Kierkegaard olam mavjudligining mazmunini axtarish bema'ni ekanligi haqida koʻp yozgan. Kierkegaard'ga koʻra:
Hayotning maʼnosiz ekanligiga eng yaxshi isbot uning maʼnosi borligini isbotlash uchun keltirilayotgan argumentlardir.
Albert Camus "Sizif Asotiri"da odamlarni Sizif kabi choʻqqiga tosh itarib chiqayotgani, lekin bu tosh alal-oqibat yana pastga tushib ketgani uchun ketgan barcha samar bekor boʻlishini taʼkidlaydi. Odamlarning barcha hissiyotlari va amallari sukut saqlovchi, sovuq olam fonida absurd ekanligini koʻrsatadi.
Mavjudlikning absurd ekanligini anglab yetgan kishi oldida uchta yoʻl qoladi: xudkushlik, dinga berilish yoki absurdlikni qabul qilib, yashashda davom etish. Camus'ga koʻra xudkushlik hayot yashash uchun arzimaydi, degan qarorga kelishdir. Bu tanlov "hayot haddan tashqari uzundir", iborasini bildiradi. Diniy hayotga berilish esa absurdni oʻz-oʻzini aldash bilan almashtirish demakdir, degan fikr ilgari suriladi. Camus inson yashashda davom etish bilan birga hayotning absurd ekanligini qabul etsa, asl ozodlikka erishishini soʻylaydi.
Absurdizmga koʻra inson hayotda yakka bir aniq maʼno mavjud emas. Hech bir jonzot, hech bir tiriklik, hech bir sayyora, hech bir olam, qo'yinki, borliqdagi hech bir narsa muayyan bir maqsad bilan yaratilmagan. "Agar olam xudo tomonidan yaratilib, insonlaarning tirik ekanidan maʼno Yaratganga xizmat va ibodat etishda boʻlsa-chi?", - degan iddaolarga Kierkegaard "Xudoning mavjudligidan maʼno nima?" degan savol bilan javob qaytaradi. Kierkegaard xudo agar bor boʻlsa, uning mavjudligida ham hech qanday maʼno yoʻq, deydi va shunday qilib xudoga ishonish ham absurddir, fikriga keladi.
Ekzistensialist tanqidchilarga koʻra hayot maʼnosini odamlarning oʻzlari yarata olishlarini uqtirishadi. Kishi oʻz oldiga biror maqsadni qoʻyib, unga erishishga harakat qilishi hayot maʼnosi boʻla oladi, deyishadi. Biroq absurdistlar bu maʼno vaqtinchalik ekanligini, maqsadga erishilgandan keyin yana boʻshliq paydo boʻlishini aytishadi.
Umumiy mavzular | Sharq falsafasi · Gʻarb falsafasi | Falsafa tarixi: Antik · Oʻrta Asrlar · Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr · XIX asr ·XX asr |
Sohalar | Estetika · Etika · Epistemologiya · Mantiq · Metafizika · Taʼlim falsafasi · Tarix falsafasi · Til falsafasi · Huquq falsafasi · Fan falsafasi · Metafalsafa · Siyosat falsafasi · Din falsafasi · Urush falsafasi |
Oqimlar | Tahliliy falsafa · Determinizm · Dialektik materializm · Ratsionalizm · Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik · Gumanizm · Idealizm · Materializm · Yangiaflotunchilik · Nigilizm · Fenomenologiya · Aflotunchilik · Pozitivizm · Postmodernizm · Pragmatizm · · Sxolastitsizm · Stoitsizm |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.