argentinalik futbolchi (1987-yil tugʻilgan) From Wikipedia, the free encyclopedia
Lionel Andrés Messi Kuchchittini (ispancha: Lionel Andres Messi Cuccittini) 1987-yilda 24-iyunda Argentinada tavallud topgan. Inter Mayami[4] va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchidir. Koʻplab futbol mutaxassislari, jurnalistlar va futbol yulduzlari tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb tan olingan.
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. (2024-06) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lionel Andrés Messi[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-iyun 1987-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Rosario, Santa Fe, Argentina | ||
Boʻyi | 1.73 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Inter Miami | ||
Raqami | 10 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003–2004 | Barcelona C | 10 | (5) |
2004–2005 | Barcelona B | 22 | (6) |
2004–2021 | Barcelona | 520 | (474) |
2021–2023 | Paris Saint-Germain | 58 | (22) |
2023– | Inter Miami | 7 | (10) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004–2005 | Argentina U20 | 18 | (14) |
2008 | Argentina U23 | 5 | (2) |
2005– | Argentina | 172 | (98) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-may 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (5-iyun 2022-yil uchun) |
Messi Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, 2005-yilning yoshlar orasida jahon chempioni (turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va toʻpurari), 2021-yilgi Copa America turniri gʻolibi hisoblanadi. 2022-yilda jahon chempionatida gʻolib boʻlgach, bir futbolchi oʻz faoliyatida erishishi mumkin boʻlgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. 2012-yil bir mavsumda Barselona klubi safida 91 ta gol urib, buzish qiyin boʻlgan rekord oʻrnatdi. Messi sakkiz marta Oltin toʻp va 6 marta Yevropa oltin butsasi sovrinlarini qoʻlga kiritgan va bu borada rekordchi hisoblanadi. Shuningdek, futbol boʻyicha jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi oʻyinchi (FIFA oltin toʻpi) mukofotini 2 marta qoʻlga kiritgan yagona futbolchidir.
Barselona tarkibida jami 35 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Barselona jamoasi bilan oʻn karra Ispaniya chempioni (2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/2013, 2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019) boʻlgan, yetti marta Ispaniya kubogi (2008/2009, 2011/2012, 2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2020/2021), yetti marta Ispaniya superkubogi (2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018) va 4 marta UEFA Chempionlar ligasi (2005/2006, 2008/2009, 2010/2011, 2014/2015) gʻolibi boʻlgan. Messi yetti marta (2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012, 2014/2015, 2019/2020, 2020/2021) Ispaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi toʻpurari hisoblanadi. 2023-yilda, Argentina milliy termajamoasining oʻquv yigʻin mashgʻulotlar baʼzasi nomi uning sharafiga nomlandi.
Messi 1987-yili, 24-iyunda Argentinaning Rosario shahrida boʻlib dunyoga kelgan. Otasi – italyan Xorxe Orasio Messi, onasi Seliya Mariya Messi[5][6]. Uning akalari Rodrigo va Matias, singlisi Mariya Sol[7]. Uning katta bobosi Anjelo Messi 1883-yili Italiyaning Ankona shahridan Argentinaga koʻchib kelgan. Shajarasining boshqa tarmogʻi vakillari esa Ispaniyaning Kataloniya viloyatidan. Messi futbol bilan besh yoshidan mahalliy „Grandoli“ klubida shugʻullana boshlagan. Bu yerda uning otasi Xorxe murabbiylik qilardi. U ilk mashgʻulotlarini buvisi Saliya bilan oʻtkazgan. Butun oilada faqat shu ayolgina Messining futbolchi boʻlishini istardi. Shu sababli keyinchalik mashhur boʻlib ketgach, Lionel barcha gollarini buvisi sharafiga bagʻishladi. Messi 1995-yildan ona-shahri Rosariodagi „Nyuelz Old Boyz“ jamoasida toʻp sura boshladi. 1997-yili jamoa tarkibida Peru Doʻstlik Kubogida qatnashadi. Oʻn bir yoshga yetganida unda boʻy oʻsishini taʼminlaydigan samototropin gormoni yetishmasligini aniqlashadi. „River Pleyt“ jamoasi Messini oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi boʻladi, biroq oyiga toʻqqiz yuz dollar ketadigan muolajani qoplashga yetarli mablagʻ topa olmaydi. Messi oʻn uch yoshga kirganida „Barselona“ jamoasi sarmoyadorlaridan biri u haqida eshitib qoladi va yordamchilarini joʻnatadi. Ular Messining otasini jamoa maʼmuriyatiga borib uchrashishga koʻndiradi. Shunday qilib, 2000-yilning 17-sentyabrida Messi otasi bilan Kataloniyaga keladi. Biroq jamoaning sport ishlari direktori Karles Reksach bandligi sababli 3-oktyabrdagina koʻrikdan oʻtishga muvaffaq boʻladi. Reksach yosh futbolchining isteʼdodiga qoyil qoladi va „Barselona“ direktorlar kengashini Messining oilasi bilan Yevropa koʻchib kelishi, yiliga toʻqson ming yevro turadigan muolajaga pul ajratishga koʻndiradi. Shu paytdan boshlab Messi kataloniyaliklar safida toʻp sura boshlaydi.
Uning 3 ta oʻgʻil farzandi bor. Farzandlarining ismlari Tyago (2012) Mateo (2015) Chiro (2018).
Messi 2003-yil 16-noyabrda 16 yosh, 4 oy va 23 kunlik boʻldi va shu kuni u Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 75-daqiqada zahiradan maydongatushdi hamda jamoada oʻzining ilk debyutini amalga oshirdi[8]. 2004-yil oktabr oyida uni asosiy jamoaga koʻtkazgan Frank Raykard qoʻl ostida u 2004-yil 16-oktabrda „Espanyol“ga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi va 2005-yilning 1-mayida „Albasete“ga qarshi oʻyinda golli uzatma amalga oshirdi. Ronaldinyoning golli uzatmasini qabul qilib toʻpni darvozaga joylagandan soʻng Messi oʻsha paytdagi klub tarixida eng yosh toʻpurarga aylandi – 17 yosh, 3 oy va 22 kun. Messi 2004-05, va 2005-06-yilgi mavsumda liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Garchi u jarohat olgan boʻlsa ham 2006-yil UEFA Chempionlar ligasining finalida shalpangquloqni boshi uzra baland koʻtardi. 2007-yilning 10-martida Messi „Classiko“da oʻzining birinchi xet-trikini qayd etdi, bu 12 yil ichida buni amalga oshirgan birinchi futbolchi boʻlib, „Real Madrid“ning har bir golidan keyin hisobni tenglashtirib, oʻyinni 3:3 hisobida yakunladi. Raykardning klubdagi soʻnggi yillarida „Barselona“ 2006-07 va 2007-08-mavsumlarini sovrinlarsiz yakunladi, bu esa uning ketishiga olib keldi. Messiga 2008-09-yilgi mavsumda 10-raqamli futbolka berildi[9]. Oʻsha mavsumda Messi Samuel EtoʻO va Tyerri Anri bilan birga barcha musobaqalarda jami 100 ta gol urishga erishgandi, bu oʻsha vaqtdagi klub uchun rekord boʻlgan.
„Barselona“ning yangi bosh murabbiyi, sobiq sardori Pep Gvardiola qoʻlning ostidagi birinchi mavsumida Messi 2009-yil 2-may kuni „Clasiko“da birinchi marta markaziy hujumchi sifatida oʻynadi. U Real Madrid bilan kechgan oʻyinda 6:2 hisobida zafar quchdi va ushbu oʻyinda ikkita gol urdi hamda bitta golli uzatmani amalga oshirdi, bu jamoaning „Real Madrid“ning „Santyago Bernabeu“ stadionida tarixidagi eng yirik hisobdagi gʻalabasini taʼminlab berdi[10].
Klub | Fasllar | Ligalar | Milliy kubok | Yevropa | Boshqalar | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionatlar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | ||
Barcelona C | 2003–04[11] | Tercera División | 10 | 5 | — | — | — | 10 | 5 | |||
Barcelona B | 2003–04[12] | Segunda División B | 5 | 0 | — | — | — | 5 | 0 | |||
2004–05[13] | Segunda División B | 17 | 6 | — | — | — | 17 | 6 | ||||
Umumiy | 22 | 6 | — | — | — | 22 | 6 | |||||
Barcelona | 2004–05[14] | La Liga | 7 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 9 | 1 | |
2005–06[15] | La Liga | 17 | 6 | 2 | 1 | 6 | 1 | 0 | 0 | 25 | 8 | |
2006–07[16] | La Liga | 26 | 14 | 2 | 2 | 5 | 1 | 3 | 0 | 36 | 17 | |
2007–08[17] | La Liga | 28 | 10 | 3 | 0 | 9 | 6 | — | 40 | 16 | ||
2008–09[18] | La Liga | 31 | 23 | 8 | 6 | 12 | 9 | — | 51 | 38 | ||
2009–10[19] | La Liga | 35 | 34 | 3 | 1 | 11 | 8 | 4 | 4 | 53 | 47 | |
2010–11[20] | La Liga | 33 | 31 | 7 | 7 | 13 | 12 | 2 | 3 | 55 | 53 | |
2011–12[21] | La Liga | 37 | 50 | 7 | 3 | 11 | 14 | 5 | 6 | 60 | 73 | |
2012–13[22] | La Liga | 32 | 46 | 5 | 4 | 11 | 8 | 2 | 2 | 50 | 60 | |
2013–14[23] | La Liga | 31 | 28 | 6 | 5 | 7 | 8 | 2 | 0 | 46 | 41 | |
2014–15[24] | La Liga | 38 | 43 | 6 | 5 | 13 | 10 | — | 57 | 58 | ||
2015–16[25] | La Liga | 33 | 26 | 5 | 5 | 7 | 6 | 4 | 4 | 49 | 41 | |
2016–17[26] | La Liga | 34 | 37 | 7 | 5 | 9 | 11 | 2 | 1 | 52 | 54 | |
2017–18[27] | La Liga | 36 | 34 | 6 | 4 | 10 | 6 | 2 | 1 | 54 | 45 | |
2018–19[28] | La Liga | 34 | 36 | 5 | 3 | 10 | 12 | 1 | 0 | 50 | 51 | |
2019–20[29] | La Liga | 33 | 25 | 2 | 2 | 8 | 3 | 1 | 1 | 44 | 31 | |
2020–21[30] | La Liga | 35 | 30 | 5 | 3 | 6 | 5 | 1 | 0 | 47 | 38 | |
Umumiy | 520 | 474 | 80 | 56 | 149 | 120 | 29 | 22 | 778 | 672 | ||
Paris Saint-Germain | 2021–22[31] | Ligue 1 | 26 | 6 | 1 | 0 | 7 | 5 | — | 34 | 11 | |
2022–23[32] | Ligue 1 | 23 | 13 | 1 | 0 | 7 | 4 | 1 | 1 | 32 | 18 | |
Umumiy | 49 | 19 | 2 | 0 | 14 | 9 | 1 | 1 | 66 | 29 | ||
Butun faoliyatida | 601 | 504 | 82 | 56 | 163 | 129 | 30 | 23 | 876 | 712 |
Terma jamoa | Yil | Qarama qarshi uchrashuvlarda | Oʻrtoqlik uchrashuvlarda | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | ||
Argentina U20 | 2004 | — | 2 | 3 | 2 | 3 | |
2005 | 16 | 11 | — | 16 | 11 | ||
Umumiy | 16 | 11 | 2 | 3 | 18 | 14 | |
Argentina U23 | 2008 | 5 | 2 | — | 5 | 2 | |
Umumiy | 5 | 2 | 0 | 0 | 5 | 2 | |
Argentina[33][34] | 2005 | 3 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 |
2006 | 3 | 1 | 4 | 1 | 7 | 2 | |
2007 | 10 | 4 | 4 | 2 | 14 | 6 | |
2008 | 6 | 1 | 2 | 1 | 8 | 2 | |
2009 | 8 | 1 | 2 | 2 | 10 | 3 | |
2010 | 5 | 0 | 5 | 2 | 10 | 2 | |
2011 | 8 | 2 | 5 | 2 | 13 | 4 | |
2012 | 5 | 5 | 4 | 7 | 9 | 12 | |
2013 | 5 | 3 | 2 | 3 | 7 | 6 | |
2014 | 7 | 4 | 7 | 4 | 14 | 8 | |
2015 | 6 | 1 | 2 | 3 | 8 | 4 | |
2016 | 10 | 8 | 1 | 0 | 11 | 8 | |
2017 | 5 | 4 | 2 | 0 | 7 | 4 | |
2018 | 4 | 1 | 1 | 3 | 5 | 4 | |
2019 | 6 | 1 | 4 | 4 | 10 | 5 | |
2020 | 4 | 1 | 0 | 0 | 4 | 1 | |
2021 | 16 | 9 | 0 | 0 | 16 | 9 | |
2022 | 10 | 8 | 4 | 10 | 14 | 18 | |
2023 | 0 | 0 | 2 | 4 | 2 | 4 | |
Umumiy | 121 | 54 | 53 | 48 | 174 | 102 | |
Butun faoliyatida | 142 | 67 | 55 | 51 | 197 | 118 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.