Kempegovda xalqaro aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kempegovda xalqaro aeroporti (IATA: BLR, ICAO: VOBL) – Hindistonning Karnataka shtati maʼmuriy markazi Bangalor shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. 4,000 akr (1,600 ga) hududni egallagan aeroport shahardan taxminan 30 kilometr (19 mi) shimolda, Devanahalli shaharchasida joylashgan. Bengaluru International Airport Limited (BIAL) davlat-xususiy sheriklik konsorsiumi aeroportga egalik qiladi va boshqaradi. Aeroport 2008-yilning may oyida ochilgan va oʻsha vaqtga qadar shaharga xizmat koʻrsatib kelgan asosiy fuqarolik aeroporti HAL aeroportining muqobil boʻlgan. Nomi Bangalor shahri asoschisi Kempe Govda I sharafiga qoʻyilgan. Kempegovda xalqaro aeroporti Karnataka shtatining toʻliq quyosh energiyasida ishlaydigan birinchi aeroportiga aylandi, quyosh energiyasi CleanMax Solar kompaniyasi tomonidan generatsiya qilinadi[7][8].
Kempegovda xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
1-terminali | |||
IATA kodi: BLR – ICAO kodi: VOBL | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi/Operator | Bengaluru International Airport Limited (BIAL) | ||
Xizmat doirasi | Bangalor | ||
Joylashuvi | Devanahalli, Bangalor qishloq okrugi, Karnataka, Hindiston | ||
Ochilgan | 2008-yil 24-may | ||
Havo yoʻli tuguni | |||
Markazi |
| ||
Dengiz sathidan balandligi | 915 m / 3,002 ft | ||
Koordinatalari | 13°12′25″N 077°42′15″E | ||
Vebsayti | Bengaluru Airport | ||
Xarita | |||
Aeroportning Hindiston xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
09L/27R | 4,000 | 13,123 | Asfalt |
09R/27L | 4,000 | 13,123 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2022-yil aprel – 2023-yil mart) | |||
Yoʻlovchilar soni | 31,911,429 ( 96%) | ||
Xalqaro yoʻlovchilar | 3,785,264 ( 29%) | ||
Parvozlar soni | 223,223 ( 50,8%) | ||
Yuk tonnaji | 410,311 (▼ 0,3%) | ||
Manba: Hindiston aeroportlar boshqarmasi[4][5][6] |
Aeroport odamlar yashaydigan barcha oltita qitʼa bilan bogʻlanadi, ulardan beshtasiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni taklif etadi. 2021–2022-moliya yilida aeroport taxminan 16,2 million yoʻlovchi hamda 411,550 tonne (453,660 short ton) yuk tashigan. Aeroport yoʻlovchi tashish, parvozlar soni va ichki va umumiy yuk tashish boʻyicha Hindistondagi uchinchi eng gavjum aeroport (Dehli va Mumbay aeroportlaridan keyin) boʻlib, Osiyoda 29-oʻrinda turadi[9].
Aeroportda ikkita yoʻlovchi terminali bor, ular ham mahalliy, ham xalqaro parvozlarga xizmat koʻrsatadi va ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud boʻlib, ulardan ikkinchisi 2019-yil 6-dekabrda foydalanishga topshirilgan[10][11]. Ikkinchi terminal 2022-yil dekabr oyida Bosh vazir Narendra Modi tomonidan ochilgan va 2023-yilning yanvar oyida mahalliy parvozlarga xizmat koʻrsatishni boshlagan, sentyabrda esa barcha xalqaro qatnovlar yangi terminalga koʻchirilgan[12][13]. Shuningdek, yuk shaharchasi va uchta yuk terminali mavjud. Aeroport AIX Connect, Alliance Air, Go First, IndiGo, Star Air va DHL Aviation aviakompaniyalari uchun hab boʻlib xizmat qiladi va Air India hamda SpiceJet uchun ikkilamchi havo tugunidir[13].