From Wikipedia, the free encyclopedia
Kanzas — AQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (balandligi 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv). Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha birinchi, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Kungaboqar shtati | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Topeka | ||||
Eng yirik shaharlar | Wichita Overland Park Kansas City | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 15-oʻrinda 213,096 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 33-oʻrinda 2,744,687 | ||||
YIM |
AQSh: 32-oʻrinda $98,946 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
34-boʻlib 29 yanvar 1861 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) / -7 (MST) | ||||
Qisqartma | KS [20] | ||||
Shtat guli | Sunflower (Helianthus annuus) | ||||
Shtat daraxti | Cottonwood (Populus deltoides) |
Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.