Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vaqt olamning fizik xarakteristikasi boʻlib, olam holatining ketma-ket oʻzgarishida aks etadi.
Vaqt — 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri (qarang Fazo va vaqt); 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, mas., Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan oʻlchov birligi.
Vaqtni oʻlchash. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadigan V. birligi sutka (bir kecha-kunduz) deb ataladi. V.ning kattaroq birliklari oy (Oyning Yer atrofida aylanish davri), yil (Yerning Quyosh atrofida aylanish davri)dir. Yerning uz oʻqi atrofida aylanish davri yulduzlarga yoki bahorgi teng kunlik nuqta-siga nisbatan olinsa, yulduz sutka si, Quyoshga nisbatan hisoblansa, haqiqiy Quyosh sutkasi, Oʻrtacha Quyoshga nisbatan esa oʻrtacha Quyosh sutkasi deyiladi. Oyning yer atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri — siderik oy (yulduz oyi), Oyning ikkita bir xil fazalari orasida oʻtadigan davr —sinodik oy deyiladi. Nihoyat, Quyoshning Yer atrofida koʻrinma (vizual) harakati yulduzlarga nisbatan olinsa, siderik yil (yulduz yili), bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan hisoblansa,tropik yil hosil boʻladi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1/86400 qismiga teng vaqt — sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushlari bilan ham ish koʻriladi. Olimlar Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis aylanishini aniqlashdi. Shuning uchun vaqt birligining oʻzgarmasligini taʼminlash maqsadida nazariy efemerid sekund birligi qabul qilingan. Efemerid sekund tropik shlning 1/31556925,9747 ulushiga teng (maxrajidagi raqam asrimiz boshi — 1900 tropik yildagi sekundlar soni). Vaqtning boshqa birliklari vaqt oʻtishiga bogʻliq boʻlmagan oʻzgarmas birlik — efemerid sekund yordamida istalgan davr uchun hisoblanishi mumkin. Demak, vaqtning asosiy birligi qilib, efemerid sutkaning 1/86400 ulushiga teng efemerid sekund qabul qilingan. Bunda Yerning oʻz oʻqi atrofidagi notekis harakati hisobga olingan. Bevosita kuzatishlarga asoslanib yulduz vaqti aniqlanadi. Uning asosiy oʻlchov birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. Yulduz sutkasining boshlanishi bahorgi teng kunlik nuqtasining yuqori kulminatsiya paytiga toʻgʻri keladi. Shu paytda yulduz vakti bilan yuradigan soatlar 0 soat 0 min. 0 sek.ni koʻrsatishi kerak. Bahorgi teng kunlik nuqtasi Yerning nutatsion (qarang Nutatsiya) harakati taʼsiridan xoli deb qabul qilingan vaqt oʻrtacha yulduz vaqti deb ataladi. Yerning yulduzlarga nisbatan oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 24 soat 0 min. 0,0084 sek. oʻrtacha yulduz vaqtiga teng boʻladi.
Kundalik hayotimizda asosan oʻrtacha Quyosh vaqtidan foydalanamiz. Oʻrtacha Quyosh — ekvator boʻylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuktadir. Oʻrtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya paytioʻrtacha tush payti deb ataladi. Oʻrtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. Oʻrtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24oy dan) hisoblanadi va taqvim (kalendar) kun oʻzgaradi. Astronomiyada 1925-yilgacha kun hisobi tush paytida oʻzgarar, yaʼni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925-yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmokda.
Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan iborat; bunda Yer Quyosh atrofini bir marta toʻliq aylanib chiqadi, shu sababli, Quyoshga nisbatan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish soni kam, yaʼni 365,2422 sutka boʻladi. Shuning uchun 366,2422 yulduz sutkasi 365,2422 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng . Bundan quyi-dagi xulosalarga kelish mumkin. Yulduz vaqtining 24 soati — oʻrtacha Quyosh vaqtining 23 soat 56 min. 4,090 sekundiga, oʻrtacha Quyosh vaqtining 24 soati — yulduz vaqtining 24 soati 3 min. 56,555 sekundiga teng . Yudduz vaqtidan oʻrtacha Quyosh vaktiga va aksincha oʻtish uchun astronomik yilnomalarda boshlangʻich meridianning har yarim kechasiga oid yulduz vaqti beriladi. Yer sharining har bir joyida shu joyning oʻz mahalliy vaqgi bor. Bu vaqg oʻsha joy meridiani — geografik uzunlamasiga bogʻliq. Bir meridiandagi soatlar bir vaqtni koʻrsatadi. Yer gʻarbdan sharqqa qarab aylangani uchun berilgan meridiandan sharqdagi joylarda soat kechrok vaktni, gʻarbdagi joylarda ertaroqni koʻrsatadi. Ikki joyning mahalliy vaqtlari orasidagi farq shu joylar geografik uzunlamalarining soat, minut va sekundlar bilan hisoblanadigan farqiga teng .
Xalqaro kelishuvga binoan, Grinvich meridiani boshlangʻich (nolinchi) meridian deb qabul qilingan. Grinvich fuqaro vaqti dunyo vaqti deb qabul etilgan. Har bir joyning oʻz fuqaro vaqti boʻlishi oʻzaro aloqa va sayohatlarda koʻp noqulayliklar tugʻdiradi. Shu sababli, bir vaqtlar turli mamlakatlarda oʻz poytaxt vaqtlarini qabul qilishgan. 1884-yildan boshlab, Yer shari 24 soat mintaqaga boʻlindi. Har bir mintaqadagi joylar bir xil vaqtga, yaʼni oʻrtacha meridian vaqtiga ega boʻladi. Mintaqalar Grinvich meridianidan boshlab 0 dan 23 gacha raqamlanadi. Shuning uchun maʼlum mintaqa raqamiga teng songa farq qiluvchi butun soatga teng boʻladi. Mas., Moskva va Sankt-Peterburg 2- mintaqada yotganligi uchun ularning mahalliy vaqti Grinvich vaqtidan 2 soat, Toshkent 5-mintakada joylashganligi uchun 5 soat farq qiladi. Sobiq Ittifoqda mintaqa vaqti XKS dekreta bilan 1919-yil 1 iyuldan boshlab kiritilgan. Tabiiy yorugʻlikdan samarali foydalanish hamda xalq xoʻjaligi va turmushda elektr energiyasini mutanosib taqsimlash maqsadida koʻp mamlakatlarda yoz paytlarida soat millari 1 yoki bir necha soat oldinga suriladi (qarang Dekret vaqti). Toshkent vakti deb yuritiladigan 5- mintaqaning dekret vaqti dunyo vaktidan 6 soat oldindadir.
Fizikada V.ni oʻlchash oʻrganiladigan jarayonlarga tezligi yoki takrorlanish davri maʼlum boshqa jarayonlarni taqqoslashga asoslangan. Katta V. oraliqlari, mas., mln. va mlrd. yillar bilan oʻlchanadigan osmon jismlarining yoshi ularning tarkibiga (vodorod va geliy miqdoriga) qarab aniqlanadi. Kichikroq vaqt oraligʻi — sutka, soat, minut va sekund turli soatlar yordamida oʻlchanadi. Ilgari quyosh soati, suv soati va qum soatlar qoʻllangan. Xozir V.ni juda aniq oʻlchashga imkon beradigan mayatnikli, kvars va elektron soatlar ishlatiladi. V.ning juda kichik ulushlari (mas., 0,2—0,01 sek.) boshqa usullar bilan oʻlchanadi. Mas., portlash reaksiyalari sekundning yuzlarcha va minglarcha ulushi davomida oʻtadi. Bunday jarayonlar ossillograf bilan qayd qilinadi. Baʼzan atom va yadro jarayonlari sekundning mln. va mlrd. ulushlari ichida oʻtadi. Aniq V. astronomiya rasadxonalarining vaqt xizmatlarida maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib aniqlanadi, juda aniq yuradigan soatlar yordamida "saqlanadi" va radiosignallar yordamida tarqatiladi. V.ning katta boʻlaklarini oʻlchash uchun yil birligiga asoslangan taqvim qoʻllanadi.
Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan 20-asr 60-y.larida astronomik kuzatuvlarga bogʻliq boʻlmagan butunlay yangi vaqtni oʻlchash tizimi paydo boʻldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanish ga asoslanadi. V.ni oʻlchashning bu tizimi atom vakti nomini oddi va TA /deb belgilandi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Uning qiymati seziy 133 atomidagi energiya oʻtishlaridan birining rezonans chastotasi yordamida aniqlanadi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq V. radiosignallarini berib turadi. TA vakt sekundlari davomiyligi har yili astronomik kuzatuvlar yordamida nazorat qilinadi. V.ni oʻlchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari idorasi Parijda joylashgan Xalqaro vaqt byurosi "Axborotlari"da eʼlon qilib boriladi. Oʻzbekiston FA. Astronomiya institutida ham vaqt xizmati bilan shugʻullaniladi (qarang Astronomiya instituti, Vakt xizmati).
Fizikada: vaqt kvantlanmagan tashqi parametr, u oʻzgarmasdir. Uning oqish tezligi konstantasiga hech qanday taʼsir oʻtkazib boʻlmaydi. Biroq umumiy nisbiylik nazariyasiga koʻra esa, vaqt fazo-vaqt tizimining manfiy ishorali toʻrtinchi oʻlchamidir, demak u oʻzgara oladi (masalan, kuchli gravitatsion linza effektlaridagi kabi).
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.