Avtomobil sanoati

From Wikipedia, the free encyclopedia

Avtomobil sanoati

Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, motorollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.

Thumb
Zamonaviy avtomobil yigʻuv liniyasi. Geely kompaniyasi.
Ushbu videoda yangi SEAT, Škoda va Volkswagen avtomobillari temir yoʻl orqali tashilmoqda. Kutna Hora, Chexiya

Tarixi

Avtomobil sanoati 19-asr oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topgan[1]. Dunyoda har yili oʻrta hisobda 70–100 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10 mln, avtobuslar 1,4–1,7 mln, qolganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning "Jeneral motors" (3,4), "Ford" (4,0), "Kraysler" (1,4) avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning "Toyota" (3,6), "Xonda" (1,9), "Nissan" (2,1) monopoliyalari, Germaniyaning "Folksvagen" (2,0), "Opel" (1,7), Fransiyaning "Reno" (1,6), Italiyaning "Fiat" (1,9) kompaniyalari yengil avtomobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80-yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga koʻtarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Masalan, "Ford" konserni oʻziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan boʻlimlarini kiritdi. "Folksvagen" Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.

Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati

Bu turkum uchun asosiy maqola: Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati
Thumb
GM-Uzbekistan. Asakadagi eng yirik avtomobil zavodi

Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boʻldi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "OʻzDEU-avto", qoʻshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Damas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996-yil martdan yoʻlga qoʻyildi, 1996-yil 19-iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti oʻtkazildi. 1996–99 yillarda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999-yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" – 28259, "Tiko" – 16380, "Damas" – 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995-yil "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moʻljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoʻshma korxo-nasini bunyod etildi. Oʻrta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moʻljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999-yil 16-martda boʻlib oʻtdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Oʻzbekistonda 136ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomo-bil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiri-ladi. Asaka avtomobil zavodida ham dast-labki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun but-lovchi qismlar ishlab chiqarishni ma-halliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida oʻnlab qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OʻzkoramKo", "Oʻz-Tong Xong", "Oʻz-Dong Yang", "Oʻz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oʻz-Sam Yang" va boshqa1998-yilda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koʻplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "OʻzbekLada" shular jumlasidan-dir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.2000-yil boshida Sifatni standart-lash boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO-BMTning tashkiloti; 1946-yilda tuzil-gan) "OʻzDEUavto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifi-katini berdi.Baxtiyor Hasanov.

Dunyo

Quyidagi jadvalda soʻnggi yillarda butun dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan avtomobillarni umumiy soni va ushbu sanoatning oʻsish foizlari keltirilgan.

Batafsil maʼlumot Yil, Soni ...
Yil Soni Oʻzgarish Manba
1997 54,434,000 [2]
1998 52,987,000 Decrease 2.7% [2]
1999 56,258,892 6.2% [3]
2000 58,374,162 3.8% [4]
2001 56,304,925 Decrease 3.5% [5]
2002 58,994,318 4.8% [6]
2003 60,663,225 2.8% [7]
2004 64,496,220 6.3% [8]
2005 66,482,439 3.1% [9]
2006 69,222,975 4.1% [10]
2007 73,266,061 5.8% [11]
2008 70,520,493 Decrease 3.7% [12]
2009 61,791,868 Decrease 12.4% [13]
2010 77,857,705 26.0% [14]
2011 79,989,155 3.1% [15]
2012 84,141,209 5.3% [16]
2013 87,300,115 3.7% [17]
2014 89,747,430 2.6% [18]
2015 90,086,346 0.4% [19]
2016 94,976,569 4.5% [20]
2017 97,302,534 2.36% [21]
2018 95,634,593 Decrease 1.71% [22]
2019 91,786,861 Decrease 5.2% [23]
2020 77,621,582 Decrease 16% [24]
Yopish

Eksport va import

Thumb
Davlatlar miqyosida avtomobillar eksporti (2014)

from Harvard Atlas of Economic Complexity

Thumb
Butun dunyo miqyosida avtomobillar importi va eksporti koʻrsatkichlari. 2011

Yetakchi kompaniyalar

Batafsil maʼlumot Davlat, Ishlab chiqarilgan (dona) ...
Yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar Top 20 taligi (2021)
Davlat Ishlab chiqarilgan (dona)
Xitoy bayrogʻi Xitoy
26 082 220
AQSH bayrogʻi AQSh
9 167 214
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
7 846 955
Hindiston bayrogʻi Hindiston
4 399 112
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
3 462 404
Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
3 308 692
Meksika bayrogʻi Meksika
3 145 653
Braziliya bayrogʻi Braziliya
2 248 253
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
2 098 133
Tayland
1 685 705
Rossiya bayrogʻi Rossiya
1 566 317
Fransiya bayrogʻi Fransiya
1 351 308
Turkiya bayrogʻi Turkiya
1 276 140
Indoneziya
1 121 967
Kanada bayrogʻi Kanada
1 115 002
Chexiya
1 111 432
Slovakia
1 000 000
Buyuk Britaniya
932 488
Eron bayrogʻi Eron
894 298
Italiya bayrogʻi Italiya
795 856

† = faqat yengil va kichiktonnajli avtomobillar „Ishlab chiqarish statistikasi“. OICA.

Yopish

OICA sayti tahlillari boʻyicha 2017-yilda eng yirik 15 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar jadvali.[25]

Batafsil maʼlumot Oʻrin, Kompaniya ...
OʻrinKompaniyaDavlatAvtomobil
1ToyotaYaponiya bayrogʻi Yaponiya 10,466,051
2Volkswagen GroupOlmoniya bayrogʻi Olmoniya10,382,334
3HyundaiJanubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi7,218,391
4General MotorsAQSH bayrogʻi AQSh6,856,880
5FordAQSH bayrogʻi AQSh6,386,818
6NissanYaponiya bayrogʻi Yaponiya 5,769,277
7HondaYaponiya bayrogʻi Yaponiya 5,236,842
8Fiat Chrysler AutomobilesaItaliya bayrogʻi Italiya/AQSH bayrogʻi AQSh4,600,847
9RenaultFransiya bayrogʻi Fransiya4,153,589
10Groupe PSAaFransiya bayrogʻi Fransiya3,649,742
11SuzukiYaponiya bayrogʻi Yaponiya 3,302,336
12SAICXitoy bayrogʻi Xitoy 2,866,913
13DaimlerOlmoniya bayrogʻi Olmoniya2,549,142
14BMWOlmoniya bayrogʻi Olmoniya2,505,741
15GeelyXitoy bayrogʻi Xitoy 1,950,382
Yopish

Top 20

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.