Jungʻor xonligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jungʻor xonligi, shuningdek, manbalarda Zungʻor xonligi nomi bilan ham keltiriladi, oyrat ittifoqiga kiruvchi moʻgʻullar tomonidan asos solingan va Ichki Osiyoda joylashgan xonlik. Mamlakat chegaralari shimolda janubiy Sibir, janubda hozirgi Qirgʻiziston, sharqda Buyuk Xitoy devoridan gʻarbda hozirgi Qozogʻistongacha boʻlgan hududlarni qamrab olgan. Jungʻor xonligining asosi bugungi kunda Jungriya deb ataladigan shimoliy Shinjonning bir qismini oʻzida jamlagan.
Jungʻor xonligi | |
---|---|
1634–1755 | |
Maqom | Koʻchmanchilar davlati |
Poytaxt | Gʻulja[3] |
Rasmiy til(lar) | Oyrat, Chigʻatoy[4] |
Din | Tibet buddizmi |
Hukumat | Monarxiya |
Qonun chiqaruvchi hokimiyat |
Odat qonunlari; 1640-yilgi Mongol-Oyrat kodeksi |
Tarixiy era | Rivojlangan oʻrta asrlar |
• Asos solingan |
1634 |
• Tugatilgan |
1755 |
Maydon | |
• Butun |
3,600,000 kv km[5] km2 |
Aholi | |
• Roʻyxat |
600,000[6] |
Pul birligi | pūl (qizil mis tanga) |
Taxminan 1620-yilda oyratlar nomi bilan mashhur boʻlgan gʻarbiy moʻgʻullar Jungriyada birlashganlar. 1678-yilda Galdan Dalay Lamadan Boshogʻtu xon unvonini qabul qilib olgan. Bu holat jungʻorlarni oyratlar tarkibidagi yetakchi qabilaga aylantirdi. Jungʻor hukmdorlari Xon Tayiji unvonidan foydalanib kelganlar. Bu unvon oʻzbek tiliga „valiahd shahzoda“ tarzida tarjima qilinadi[7]. 1680—1688-yillarda jungʻorlar hozirgi Shinjonning janubiy qismi boʻlgan Tarim havzasini, sharqda esa Xalxa moʻgʻullarini magʻlub etishdi. 1696-yilda Galdan Sin sulolasiga magʻlub boʻlgach, Tashqi Moʻgʻuliston hududlari boy berilgan. 1717-yilda jungʻorlar Tibetni bosib oldi, biroq, bir yil oʻtib Sin imperiyasi tomonidan bu hududlardan siqib chiqarildi. 1755-yilda Sin imperiyasi Jungriyadagi fuqarolar urushidan foydalanib, Jungriyani bosib oldi va jungʻorlarni xalq sifatida butunlay yoʻq qilib yubordi. Jungʻorlarning magʻlub etilishidan soʻng Moʻgʻuliston va Tibet hududlarining Sin imperiyasi tomonidan bosib olinishiga yoʻl ochilgan. Shinjon esa maʼmuriy jihatdan alohida birlikka aylandi.