Qashqar tekisligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qashqar tekisligi, Tarim tekisligi — Xitoyning gʻarbiy qismida, Tarim daryosi havzasidagi tekislik. Tyanshan, Pomir, Kunlun va Beyshan togʻlari bilan oʻralgan. Uzunligi gʻarbdan sharqqa 1200 km, maydoni 530 ming km²(Markaziy Osiyoda eng katta). Balandligi sharqdan gʻarbga 800 m dan 1500 m gacha koʻtarilib boradi. Qashqar tekisligining katta qismi Taklamakon qumli choʻli bilan band. Relyefining pastqam joylarida keng maydonlarni shoʻrxoklar egallagan. Tekislikning gʻarbiy qismida past qator tepalar uchraydi. Iqlimi moʻʼtadil (baʼzi joylarda kontinental, choʻl iqlimi), yozi issiq, qishi qisqa, sovuq va qorsiz. Oʻrtacha temperatura iyulda 26°, qishda —20° gacha. Yillik yogʻin 100 mm dan kam. Togʻlardan oqib keluvchi daryolar Qashqar tekisligiga chiqqach, sugʻorishga sarf boʻladi yoki qumga singib ketadi. Eng yirik daryolari: Tarim, Xoʻtan, Qashqar, Oqsuv, Koʻnchidaryo; sharqida Lobnor koʻli bor. Qashqar tekisligining aksari qismi boʻz tuproqlarda oʻsuvchi choʻlga xos oʻsimliklar bilan qoplangan. Daryo vodiylarida toʻqay oʻsimliklari oʻsadi. Vohalarda, togʻ etaklarida dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Qashqar tekisligining gʻarbi va shimoli-gʻarbida Qashqar, Oqsuv va Yorkend vohalari joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.