From Wikipedia, the free encyclopedia
Taraz (qozoqcha: Тараз; 1936-yilgacha Avliyoota, 1936—1938-yillarda Mirzoyan, 1938-yilda Jambul, 1998-yildan Taraz) — Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyatidagi qadimgi shahar, viloyatning maʼmuriy markazi. Olmaotadan 545 km gʻarbda, Talas daryosini yoqasida joylashgan. Aholisi 352 ming kishiga yaqin (2013). Shahar aeroporti, temir yoʻl va avtovokzallar ishlab turibdi.
Taraz qozoqcha: Тараз | |
---|---|
shahar | |
42°53′0″N 71°22′0″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Jambul viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Nurjan Kalenderov |
Asos solingan | VII—VIII |
Avvalgi nomlari | Avliyo ota, Mirzoyan, Jambul. |
Maydon | 1,878 km2 (725 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2014) |
351,353 (2 014)[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 57,6 % ruslar 25,5 % oʻzbeklar 5,7 % koreyslar 3,1 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7262 [2] |
Pochta indeks(lar)i | 080000[3] |
Avtomobil kodi | H, 08 |
|
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Taraz taxminan 5-asrda vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyalik elchi Zemarx tomonidan 568-yilda qayd etilgan. Shahar arab, fors manbalarida Talas, Taraz, Yangi nomlari bilan tilga olingan (8—18-asrlar). Qadimda Taraz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qalʼa, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. 7-asrda Taraz muhim savdo markazi. 751-yil Taraz yaqinida Talas jangi boʻlib oʻtgan. 9-asr oxiridan Somoniylar, 10-asr oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. 12-asr oxiridan boshlab Qoraxitoylar va Moʻgʻullar istilosidan ancha shikastlangan Taraz tanazzulga uchray boshlagan. 16-asr boshida shaharda gʻayot barham topgan. Tarazda oʻtkazilgan qazishmalar chogʻida zardushtiylarning ossuariylarda koʻmilgan qabrlari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan 11 — 12-asrlarga oid hammom, korizlar (suv oʻtkazgich) topilgan. 19-asrda Avliyoota qalʼasi qurilgan. 1864-yilda Tarazni Rossiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920-yildan Qozogʻiston tarkibida.
2014-yilgi statistika boʻyicha tuman aholisi 351,353 kishini tashkil qildi (2014). Taraz shahri koʻp millatli shahar hisoblanadi, milliy tarkibi quyidagicha:
Taraz kimyo (fosfor, mineral oʻgitlar), yengil va oziq-ovqat (charmpoyabzal kombinati, jun fabrikasi, mebel, tikuvchilik, attorlik fabrikalari, xrom va rezina buyumlari zavodlari, shakar-qand, goʻsht va spirt, aroq kombinatlari, vino, sut, baliq, pivo zavodlari) sanoatining muhim markazi. Mashinasozlik (kommunal asbobuskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalariga ehtiyot qismlar, agregat taʼmirlash zavodlari va boshqalar), qurilish materiallari sanoatlari rivojlanmoqda.
Tarazda 3 oliy oʻquv yurti (yengil va oziq-ovqat sanoati texnologiya instituti, gidromelioratsiyaqurilish va pedagogika institutlari), oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor. Tarazdan 18 km janubi-gʻarbda noyob meʼmoriy obidalar: Babaji xotun maqbarasi (10— 11-asrlar) va Oyshabibi maqbarasi (11 —12-asrlar) saqlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.