From Wikipedia, the free encyclopedia
José Luis Mato Sanmartín (1990-yil 27-mart), Joselu nomi bilan tanilgan, professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi hujumchisi, Segunda Divizioni ishtirok etadigan „Espanyol“ klubidan ijaraga olingan. Germaniyada tugʻilgan, Ispaniya terma jamoasida oʻynaydi[4].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | José Luis Mato Sanmartín[1] | ||
Tavallud sanasi | 27-mart 1990-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Stuttgart, Gʻarbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.91 m[3] | ||
Ampluasi | Striker | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
Real Madrid (Espanyol dan ijaraga olingan) | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999-2002 | SD Silleda | ||
2002-2008 | Celta | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2009 | Celta B | 21 | (4) |
2008—2009 | Celta | 2 | (0) |
2009—2012 | Real Madrid B | 67 | (33) |
2009—2010 | → Celta (ijara) | 24 | (4) |
2011—2012 | Real Madrid | 1 | (1) |
2012—2014 | TSG Hoffenheim | 25 | (5) |
2013—2014 | → Eintracht Frankfurt (ijara) | 24 | (9) |
2014—2015 | Hannover 96 | 30 | (8) |
2015—2017 | Stoke City | 22 | (4) |
2016—2017 | → Deportivo (ijara) | 20 | (5) |
2017—2019 | Newcastle United | 46 | (6) |
2019—2022 | Alavés | 110 | (36) |
2022— | Espanyol | 34 | (16) |
2023— | → Real Madrid (ijara) | 32 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
2008—2009 | Ispaniya U19 | 11 | (3) |
2009 | Ispaniya U20 | 1 | (0) |
2009—2010 | Ispaniya U21 | 4 | (1) |
2016 | Galisiya | 1 | (0) |
2023— | Ispaniya | 10 | (5) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (4-may uchun) |
Joselu faoliyatini „Selta de Vigo“ jamoasida boshlagan, 2009-yilning yozida „Real Madrid“ tomonidan sotib olingan. Joselu Real Madridning B-jamoasida 72 ta oʻyinda 40 ta gol urdi, ammo u asosiy jamoa tarkibga kira olmadi va 2012-yilning avgustida Bundesliga vakili TSG Hoffenheim klubiga sotilgan. 2013/2014-yillarda Bundesliganing boshqa bir ishtirokchisi, Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga ijaraga berilgan. Joselu 2014-yil iyun oyida „Gannover 96“ klubi bilsn shartnom imzolagan boʻlsa, bir yildan soʻng Premyer-liga vakili „Stok Siti“ klubiga 5,75 million funt sterling evaziga transfer qilingan edi. 2017-yilda u 5 million funt evaziga „Nyukasl Yunayted“ jamoasiga oʻtgan. Newcastle United F. C. jamoasida ikki mavsum oʻtkazgan va 2019-yil yozida maʼlum qilinmagan toʻlov evaziga Alaves klubiga tarnsfer qilingan. 2022-yilgi mavsum, yozgi transfer oynasida „Espanyol“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2023/2024 yilgi mavsumda „Real“ klubiga ijaraga berilgan.
Joselu Gʻarbiy Germaniyaning Stuttgart shahrida tugʻilgan va oilasi Ispaniyaning Galisiyaga qaytishidan oldin toʻrt yil davomida mamlakatda maktabda oʻqigan[5].
Joselu 2008/2009-yilgi mavsum oxirida mahalliy Selta de Vigo jamoasi tarkibida ikkinchi divizionda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi va mavsum davomida jami ikkita oʻyinda ishtirok etdi. 18 yoshidan boshlab, bir vaqtning oʻzida u asosiy jamoa tarkibda debyut qildi va uchinchi darajali B-jamoasi tarkibida ham oʻynagan.
2009-yil yozining oxirida Joselu „Real Madrid“ tomonidan sotib olindi va keyingi mavsum oldidan darhol sobiq jamoasiga ijaraga berilgan[6]. U ikkinchi divizion mavsumida nisbatan kam oʻyinlarda ishtirok etdi. Selta de Vigo jamoasi mavsum yakunida 12-oʻrinni egallagan va Joselu klub tarkibida toʻrtta gol urgan.
Joselu 2010/2011-yilgi mavsumda Alvaro Morata bilan birga „Real Madrid Kastilya“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2011-yilning 21-mayida u oʻzining asosiy jamoa tarkibidagi ilk debyut oʻyinini La Ligada Almeriyaga qarshi oʻyinning soʻnggi oʻn daqiqasida, Karim Benzema oʻrniga maydongga tushgan. Maydongga tushanidan soʻnga hech qancha oʻtmay Cristiano Ronaldoning uzatmasidan soʻng mezbonlar darvozasiga gol urdi va jamoasi foydasiga 8:1 koʻrinishiga keltirgan[7].
2011-yil 20-dekabrda asosiy tarkibdagi ikkinchi rasmiy uchrashuvida Joselu Ispaniya Kubogi uchun „Ponferradina“ klubiga qarshi uy uchrashuvining 77-daqiqasida Benzemaning oʻrniga maydongga tushgan. Joselu maydonga tushganidan ikki daqiqadan soʻng gol urdi va oʻyinni 4:1 koʻrinishiga keltirdi. Oʻyin yakunida Real Madrid jamoasi yana bir gol urib 5:1 hisobida gʻalaba qozongan[8].
„Kastilya“ jamoasidagi ikkinchi mavsumida Joselu bosh murabbiy Alberto Toril uchun muhim hujumchi boʻldi va bunga javoban 26 ta gol (19 ta mavsum davomidagi oʻyinlarda va 7 tasi pley-off oʻyinlarida) urgan. Natijada musobaqaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Keyinchalik u Yevropaning bir qancha klublarining eʼtiborini tortgan[9].
Joselu 2015-yilda „Real Madrid“ klubida oʻtkazgan vaqtidan afsuslanmasligini, asosiy jamoadagi imkoniyatlari cheklanganiga qaramay, asosiy jamoa oʻyinchilari va bosh murabbiyi José Mourinho bilan mashgʻulotlar olib borishi unga koʻp bilimlar berganini bildirib oʻtgan[10].
2012-yilning 8 avgustida Joselu TSG 1899 Hoffenheim jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[11]. Joselu Bundesligadagi debyutini 16-sentyabr kuni „Frayburg“ jamoasiga qarshi safarda 3:5 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda 30 daqiqa oʻtkazgan[12]. Oʻn kundan soʻng yangi klubi uchun birinchi golini urdi va „VfB Shtutgart“ da 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonishiga hissa qoʻshdi[13] va 2012-yil 19-oktabrda SpVgg Greuther Furthga qarshi dublni qoʻshdi[14] U „1899 Hoffenheim“ safida 25-marta oʻynab, 16-oʻrinni egallab, beshta gol urgan[15].
Hoffenhiemdagi birinchi mavsumi oxirida Joselu yangi muhitga moslashishda qiynalganini va 2013-14-yilgi mavsumda Bundesligadagi raqib jamoa Eintracht Frankfurt klubiga ijara asosida oʻtishi maʼlum qilgan[15]. U „Commerzbank-Arena“da Frankfurt bosh murabbiyi Armin Veh qoʻl ostida oʻz formasini qayta kashf etdi va klub 33 oʻyinda 14 ta gol urdi. Shuningdek mavsum davomida jamoasi bilan birgalikda UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga chiqgan[15].
2014-yilning 9-iyunida Joselu Hannover 96 jamoasi tarkibigaga 5 million yevro transfer narxi evaziga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[16]. Oʻzining klub tarkibidagi yagona mavsumida u 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan[17].
2015-yilning 16-iyunida Joselu Angliyaning „Stoke City“ jamoasiga 5,75 million funt sterling evaziga qoʻshildi[18][19]. Shuningdek Joselu Angliya oliy divizionida oʻynash orzusi amalga oshirganini maʼlum qilgan[20]. U Premyer-ligadagi debyutini 15-avgust kuni mehmonda „Tottenxem“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi, 59-daqiqada Jonatan Uoltersning oʻrniga maydonga tushgan[21][22]. 28-dekabr kuni vatandoshi Bojan oʻrniga maydonga tushganidan soʻng, Joselu „Everton“ jamoasiga qarshi oʻyinda 4:3 hisobida gʻalaba qozongan „Kulollar“ safidagi ilk golini urgan[23]. U 2015/2016-yilda „Stok“ safida 27 marta oʻynadi va toʻrtta gol urdi. Mavsum yakuni jamoa toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[24][25][26]. Mavsum yakunida „Stok“ murabbiyi Mark Hughes Joselu uchun ingliz futbolidagi hayoti sekin boshlaganini aytgan[27].
2016-yilning 31-avgustida Joselu Galisiyaga qaytib, Seltaning raqibi Deportivo de La Korunya klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[28][29]. Joselu jamoadoshi Axilles jarohati tufayli mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylandi va Deportivo uchun 24 oʻyinda 6 ta gol urgan[30].
2017-yil 16-avgustda Joselu Premyer-liganing „Nyukasl Yunayted“ jamoasiga 5 million funt sterling evaziga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[31]. U toʻrt kundan soʻng „Xaddersfild Taun“ jamoasiga qarshi noʻyinda Duayt Geylning oʻrniga 52-daqiqada oʻyinda maydonga tushgan[32]. 26-avgustda „Vest Xem Yunayted“ ga qarshi oʻyinda (3:0) klub uchun birinchi golini kiritgan[33]. Boshqa hujumchilar singari, Joseluning sport formasi ham bir xil emas edi[34][35]. U mavsumni Gayl va Ayoze Peresdan keyin jamoadagi uchinchi eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunlagan.
2018/2019-yilgi mavsumda Joselu, Ayoze Peres va yangi imzolangan Salomón Rondón va Yoshinori Mutodan keyin toʻrtinchi tanlovga aylangan edi. U butun mavsumda urgan ikkita gol urgan[36][37]. Uning klub uchun soʻnggi goli 2019-yil 15-yanvarda Angliya kubogining uchinchi bosqichida Blekbern Rovers ustidan qozonilgan gʻalabaga erishdi[38], ammo mart oyidan soʻng asosiy jamoa tarkibida umuman tarkibda koʻrinish bermadi.
2019-yilning 15-iyulida Joselu La Ligaga qaytib, „Alaves“ jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qaytdi[39][40]. 18-avgustdagi debyutida u oʻz uyida „Levante“ darvozasiga yagona gol urgan boʻlsa,[41] 24-noyabrda esa Baskning boshqa bir jamoasi „Eybar“ klubi mehmoni boʻlganida soʻnggi olti daqiqada ikkala golni ham kiritgan[42]. 2020/2021-yillarda u „Real Madrid“ jamoasiga qarshi uy va safar oʻyinlarida gol urdi, shu jumladan, 28-noyabr kuni „Santyago Bernabeu“ stadionida 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 2000-yilning may oyidan buyon oʻz klubining ushbu maydondagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi[43].
Joseluning 2022-yildagi shartnomasi tugaguniga qadar, Mendizorrotsa stadionida oʻtkazgan soʻnggi mavsumida u 37 oʻyinda 14 ta gol urgan holda liganing eng koʻp goʻl urgan yettinchi futbolchisi boʻlgan[44].
2022-yil 27-iyun kuni Joselu erkin agent sifatida „Espanyol“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[45]. U klubdagi debyutini 13-avgust kuni sobiq klubi „Selta“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va u yerda penaltidan gol urdi, oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan[46]. Kataloniyaliklar safida 34 oʻyinda 16 ta gol urib, La Liganing eng koʻp toʻpurari boʻlgan „Barselona“ jamoasidan Robert Levandovski va „Real“ klubi futbolchisi Karim Benzemadan keyin uchinchi oʻrinni egalladi[47].
2023-yilning 19-iyunida „Real Madrid“ Joseluni 2024-yilning 30-iyuniga qadar ijara shartnomasi asosida, mavsum oxirida sotib olish huquqi bilan oʻz tarkibiga qoʻshib olganini eʼlon qilgan[48][49]. 2023-yilning 12-avgustida u ligada „Atletik Bilbao“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) 80-daqiqad ilk bor maydonga tushdi[50]. 2023-yil 2-sentyabrda Joselu mavsumdagi ilk golini „Xetafe“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi[51].
2023-yil 20-sentabrda Xoselu UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk bor guruh bosqichida „Union Berlin“ ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[52]. 29-noyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini urdi va „Napoli“ jamoasiga qarshi oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi[53]. 1- dekabr kuni u safarda „Union Berlin“ga qarshi oʻyinda (3:2) dubl qayd etdi va „Real Madrid“ oltita oʻyindan oltita gʻalaba bilan „C“ guruhida birinchi oʻrinni egalladi[54]. 14-yanvar kuni Joselu oʻzining klublar miqiyosidagi faoliyatidagi ilk sovrinini qoʻlga kiritdi. 2023/24-yilgi Ispaniya Superkubogi qatnashib, Madridning „Atletiko Madrid“ jamoasiga qarshi yarim finalda gʻalaba golini urdi va finalda „Barselona“ klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi va yakunda gaʼlaba qozonib klublar miqiyosidagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritgan[55][56].
Joselu Ispaniya yoshlar terma jamoalarini 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha himoya qilgan, biroq u qariyb 33 yoshga toʻlguniga qadar hech qachon kattalar jamoasi tarkibiga chaqirilmagan. U 2016-yilda Galisiya terma jamoasi safida ham maydonga tushgan[57].
2023-yil 17-mart kuni Joselu Ispaniya terma jamoasiga Yevro-2024 saralash bosqichi doirasidagi Norvegiya va Shotlandiyaga qarshi oʻyinlar uchun ilk bor chaqiruv oldi[58]. U 25-mart kuni Norvegiyaga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, 2006-yildan buyon Ispaniya termasining eng keksa debyutantiga aylandi[59] va ikki daqiqa ichida ikkita gol urib, Ispaniyaga 3:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam bergan[60]. 2023-yilning 15-iyunida u Millatlar ligasi yarim finalida Italiya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 88-daqiqada, maydonga tushganidan toʻrt daqiqa oʻtib, Ispaniyaga gʻalaba keltirgan golni urdi[61].
Joselu hujumchi sifatida oʻynaydi va uning sobiq murabbiyi Mark Hughes tomonidan „texnik jihatdan mohir hujumchi“ deb taʼriflangan. U yaxshi texnik oʻyinchi, u yaxshi qobiliyatga ega va menga uning harakati yoqadi. Uning bir-biriga bogʻlangan oʻyini juda yaxshi. Mashgʻulotlarda birgalikda erishgan natijalarimiz uchun men juda xursand boʻldim. U texnik jihatdan juda mohir, tavakkal qilish uchun tanasidan toʻgʻri holatda foydalana olgan"[62].
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok[lower-alpha 1] | League cup[lower-alpha 2] | Continental | Other | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
Celta Vigo B | 2008-09 | Segunda División B | 21 | 3 | — | — | — | — | 21 | 3 | ||||
Celta Vigo | 2008-09 | Segunda División | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | |||
Celta Vigo (loan) | 2009-10 | Segunda División | 24 | 4 | 4 | 0 | — | — | — | 28 | 4 | |||
Jami | 26 | 4 | 4 | 0 | — | — | — | 30 | 4 | |||||
Real Madrid B | 2010-11 | Segunda División B | 34 | 14 | — | — | — | 2 | 0 | 36 | 14 | |||
2011-12 | Segunda División B | 33 | 19 | — | — | — | 4[lower-alpha 3] | 7 | 37 | 26 | ||||
Jami | 67 | 33 | — | — | — | 6 | 7 | 73 | 40 | |||||
Real Madrid | 2010-11 | La Liga | 1 | 1 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 1 | 1 | ||
2011-12 | La Liga | 0 | 0 | 1 | 1 | — | 0 | 0 | — | 1 | 1 | |||
Jami | 1 | 1 | 1 | 1 | — | 0 | 0 | — | 2 | 2 | ||||
TSG Hoffenheim | 2012-13[65] | Bundesliga | 25 | 5 | 0 | 0 | — | — | — | 25 | 5 | |||
Eintracht Frankfurt (ijara) | 2013-14[66] | Bundesliga | 24 | 9 | 2 | 4 | — | 7 | 1 | — | 33 | 14 | ||
Hannover 96 | 2014-15[17] | Bundesliga | 30 | 8 | 2 | 2 | — | 0 | 0 | — | 32 | 10 | ||
Stoke City | 2015-16[67] | Premier League | 22 | 4 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | — | 27 | 4 | ||
Deportivo La Coruña (ijara) | 2016-17[68] | La Liga | 20 | 5 | 4 | 1 | — | — | — | 24 | 6 | |||
Newcastle United | 2017-18[69] | Premier League | 30 | 4 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 32 | 4 | ||
2018-19[70] | Premier League | 16 | 2 | 3 | 1 | 1 | 0 | — | — | 20 | 3 | |||
Jami | 46 | 6 | 4 | 1 | 2 | 0 | — | — | 52 | 7 | ||||
Alavés | 2019-20[71] | La Liga | 36 | 11 | 1 | 0 | — | — | — | 37 | 11 | |||
2020-21[72] | La Liga | 37 | 11 | 1 | 0 | — | — | — | 38 | 11 | ||||
2021-22[72] | La Liga | 37 | 14 | 1 | 0 | — | — | — | 38 | 14 | ||||
Jami | 110 | 36 | 3 | 0 | — | — | — | 113 | 36 | |||||
Espanyol | 2022-23[73] | La Liga | 34 | 16 | 4 | 1 | — | — | — | 38 | 17 | |||
Real Madrid (ijara) | 2023-24[74] | La Liga | 24 | 7 | 2 | 2 | — | 5 | 3 | 2 | 1 | 33 | 13 | |
Umumiy faoliyat | 450 | 137 | 28 | 12 | 5 | 0 | 12 | 4 | 8 | 8 | 503 | 161 |
Milliy terma jamoa | Yil | Isht | Gol |
---|---|---|---|
Ispaniya | |||
2023 | 9 | 5 | |
Jami | 9 | 5 |
№ | Sana | Joy | Oʻyin | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2023-yil 25-mart | La Rosaleda, Malaga, Ispaniya | 1 | Norvegiya | 2-0 | 3-0 | UEFA Evro-2024 saralashi |
2 | 3-0 | ||||||
3 | 2023-yil 15-iyun | De Grolsch Veste, Enschede, Niderlandiya | 3 | Italiya | 2-1 | 2-1 | 2023 UEFA Millatlar ligasi finali |
4 | 2023-yil 12-sentyabr | Nuevo Estadio de Los Carmenes, Granada, Ispaniya | 6 | Kipr Respublikasi | 3-0 | 6-0 | UEFA Evro-2024 saralashi |
5 | 2023-yil 16-noyabr | Alphamega stadioni, Limassol, Kipr | 9 | Kipr Respublikasi | 3-0 | 3-1 | UEFA Evro-2024 saralashi |
Real Madrid
Ispaniya
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.