![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ef/Tehran_IKIA_at_Night.jpg/640px-Tehran_IKIA_at_Night.jpg&w=640&q=50)
Imom Xumayniy nomidagi Tehron xalqaro aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Imom Xumayniy nomidagi Tehron xalqaro aeroporti (forscha: فرودگاه بینالمللی امام خمینی) — Eron poytaxti va eng yirik shahri Tehronda joylashgan yirik xalqaro aeroport. Eronning 1-Oliy Rahbari, Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy sharafiga atalgan. Eron va Yaqin Sharqdagi eng yirik aeroportlardan biri.
Imom Xumayniy xalqaro aeroporti فرودگاه بینالمللی امام خمینی | |||
---|---|---|---|
Fayl:IKIA Logo 1.png | |||
![]() | |||
IATA kodi: IKA – ICAO kodi: OIIE | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Eron hukumati | ||
Operator | Tehran Airport City | ||
Xizmat doirasi | Tehron aglomeratsiyasi | ||
Joylashuvi | Tehron, Eron | ||
Ochilgan | 2004-yil 8-may | ||
Havo yoʻli tuguni | * ATA Airlines
| ||
Dengiz sathidan balandligi | 3,305 ft / 1,007 m | ||
Koordinatalari | 35°24′58″N 051°09′08″E | ||
Vebsayti | ikac.ir | ||
Xarita | |||
Aeroportning Eron xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
11L/29R | 13,772 | 4,198 | Asfalt |
11R/29L Yopilgan |
13,940 | 4,249 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2017) | |||
Samolyotlar oqimi | 58,123 ![]() | ||
Yoʻlovchilar soni | 8,852,232 ![]() | ||
Yuk tashish(t) | 163,699 ![]() | ||
Manba: Iran Airports Company[1] |
Ushbu aeroport qurilishi 1981-yilda boshlanib, 2004-yilda tugatilgan. 2004-yilda aeroportning bir qismi ochilgan. Aeroport butunlay 2005-yilning 30-aprel kuni ochilgan. Ushbu aeroport ilk yillari faqat Fors koʻrfazi mamlakatlari shaharlaridagi aerpoportlar bilan havo aloqasini yoʻlga qoʻygan edi. 2007-yildan buyon esa ushbu aeroportdan boshqa mamlakatlardan ham reyslar qabul qilina boshlandi va „Mehrobod“ aeroporti reyslari ham Imom Xumayniy aeroportiga yuklatildi. Yangi aeroport qurilishining sababi, Tehrondagi yana bir aeroport — „Mehrobod“ xalqaro aeroportida yuzaga kelgan zich va oshayotgan havo qatnovlarini kamaytirish edi. Ushbu aerportning umumiy maydoni — 13 ming gektarni tashkil etadi va eng zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan.