From Wikipedia, the free encyclopedia
Grenlandiya (grenlandcha: Kalaallit Nunaat) - Shimoliy Amerikadagi orol davlat va Daniya Qirolligi tarkibiga kiradi. U Shimoliy Muz va Atlantika okeanlari orasida, Kanada Arktika arxipelagining sharqida joylashgan. Grenlandiya dunyodagi eng katta oroldir. Bu Daniya Qirolligini tashkil etuvchi uchta davlatdan biri, qolganlari Daniya va Farer orollaridir. Bu davlatlarning barcha fuqarolari Daniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolari hisoblanadi. [1] Grenlandiya poytaxti — Nuuk(Gotxob) . [1]
Shimoliy Amerika qitʼasining bir qismi boʻlsa-da, Grenlandiya 986-yildan boshlab ming yildan koʻproq vaqt davomida Yevropa (xususan Norvegiya va Daniya, mustamlakachi davlatlar) bilan siyosiy va madaniy aloqalarda boʻlgan. Grenlandiyada kamida soʻnggi 4.5 ming yil oraligʻida Arktika xalqlari yashab kelgan, ota-bobolari hozirgi Kanada hududidan koʻchib kelgan. [2] Skandinavlar Grenlandiyaning hech kim yashamagan janubiy qismini X asr boshlarida egallaganlar, undan avval esa Islandiyaga joylashganlar . Enuitlar XIII asrda kelishgan. Norvegiya Grenlandiyaga doimiy taʼsir koʻrsatib turgan boʻlsada, Grenlandiya 1261-yilgacha Norvegiya qoʻl ostiga oʻtmagan.
1867 yilda Qoʻshma Shtatlar Davlat kotibi Uilyam X. Sevard sobiq senator Robert J. Uoker bilan Grenlandiya va Islandiyani sotib olish imkoniyatlarini oʻrganish uchun birga ish olib borishdi. Kongressdagi muxolifat bu loyihani tugatdi. [3] Ikkinchi jahon urushidan keyin Qoʻshma Shtatlarda Grenlandiyaga boʻlgan geosiyosiy qiziqish uygʻondi va 1946 yilda Qoʻshma Shtatlar Daniyaga orolni 100 000 000 dollarga sotishni taklif qildi. Daniya uni sotishdan bosh tortdi. [4] XXI asrda Qoʻshma Shtatlar Grenlandiyaning resurs bazasiga sarmoya kiritish va Grenlandiya qirgʻoqlaridan uglevodorodlarni qazib olishdan manfaatdor boʻldi. [5][6] 2019-yil avgust oyida AQSh yana mamlakatni sotishni taklif qildi. Bundan soʻng Bosh vazir Kim Kilsenn hokimyatga shunday bayonot chiqardi: „Grenlandiya sotilmaydi va sotilishi mumkin ham emas, lekin Grenlandiya boshqa davlatlar, jumladan AQSh bilan savdo va hamkorlik aloqalari uchun ochiq.“ [7]
2015-yildan 2019-yilgacha turizm sezilarli darajada oʻsdi, tashrif buyuruvchilar soni yiliga 77 000 dan 105 000 gacha oshdi. [8] Manbalarning hisob-kitoblariga koʻra, 2019-yilda iqtisodiyotning ushbu yoʻnalishidan olgan daromadi taxminan 450 million kron (67 million AQSh dollari)ni tashkil etgan. Iqtisodiyotning ko‘plab jabhalari singari turizm ham 2020-yilda va 2021-yilda COVID-19 pandemiyasi natijasida cheklovlarga uchradi; [9] aytishlishicha u „koronavirusning eng katta iqtisodiy qurboni“ boʻlgan (umumiy iqtisodiyot 2020-yil oʻrtalarida baliqchilik va „Kopengagendan olingan katta miqdordagi subsidiya“ tufayli unchalik jiddiy zarar koʻrmadi). [10] Grenlandiyaning turizmni qayta tiklash maqsadi uni „toʻgʻri“ rivojlantirish va „uzoq muddatda yanada barqaror turizmni qurish“dan iboratdir. [11]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.