From Wikipedia, the free encyclopedia
Shimoliy muz okeani (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — Dunyo okeanining bir qismi, Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikaning shim. qirgʻoqlari oraligʻida. Sh.Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln. km², suvining hajmi 18 mln. km oʻrtacha chuq. 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shim.sharqiy qismida). Qirgʻoqlari Yevrosiyoning gʻarbida nisbatan baland, fordli, sharqida delta va laguna tipli, Kanada Arktika arxipelagida ancha past, tekis. Norvegiya, Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka dengizlari — Yevrosiyo; Grenlandiya, Bofort, Baffin, Linkoln dengizlari va Gudzon qoʻltigʻi Shimoliy Amerika materigi qirgʻoqlariga tutash. Sh.Shimoliy Muz okeani orollari soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglar: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, FransIosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk, Vrangel.
Shimoliy Muz okeani | |
---|---|
Yuzasi | 14,75 million kvadrat kilometr |
Oʻrtacha chuqurligi | 1225 m |
Eng katta chuqurligi | 5527 m |
Suv hajmi | 18,07 million kilometr kub |
Orollari | Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen |
Relyefi va geologik tuzilishi. Sh.Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shimoliy Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Sh.Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng, okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Yevrosiyo shelf zonasi tubi relyefida suv osti koʻtarilmalari, botiqlari va novlari boʻlgan tekisliklar mavjud. Alyaska qirgʻoqlari boʻylab abrazivdenudatsion shelf choʻzilgan. Sh.Shimoliy Muz okeanining materik yon bagʻirlari nisbatan keng, zinapoyasimon, suv osti kanʼonlari bilan parchalangan. Baʼzi joylarda kengligi 150–300 km ga yetadi. Eng tor va tik Kanada materik sayozligi grabenlarning murakkab tizimi bilan parchalab yuborilgan. Okeanning markaziy qismida Gakkel, Lomonosov va Mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar: Nansen, Amundsen, Makarov, Kanada, Gʻavvoslar va boshqalar mavjud.
Okean tubiga choʻkkan jinslarning qalinligi 1,5—2,5 km. Materik sayozligi terrigen, suv osti tizmalari va chuqur soyliklar gilli terrigen, materik yon bagʻri foraminifera mikrofaunali qumli balchiq choʻkindi jinslaridan iborat.
Gidrologik rejimi. Sh.Shimoliy Muz okeani iqlimi arktika iqlimiga mansub. Sh.Shimoliy Muz okeanining yuqori kengliklarda joylashganligi, doimiy muz qoplami, Atlantika va Tinch okeanlardan havo va suv massalarining kirib kelishi uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Gʻarbida yil davomida Islandiya minimumi, Grenlandiya ustida esa antitsiklon hukmron. Barcha mavsumlarda bu yerga Atlantika okeanidan siklonlar keladi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo temperaturasi markaziy qismida —28° dan —30° gacha, Atlantika boʻyida —16° dan — 18° gacha. Shamol tezligi 8–10 m/sek., baʼzan 20–25 m/sek.gacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo temperaturasi —10° dan —12° gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat 6—8° gacha koʻtariladi. Bulutli kun koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi.
SH.Shimoliy Muz okeani yuzasidagi oqim shamollar, Atlantika va Tinch okeanlari bilan suv almashinishi, daryo oqimlari taʼsirida yuzaga keladi. Bu omillar yuza oqimlarning gʻarbiy yoʻnalishda harakatlanishiga va Chukotka dengizidan boshlanib, okeanni kesib oʻtuvchi va Shpitsbergen bilan Grenlandiya oʻrtasidagi boʻgʻozga chiquvchi Transarktika oqimining shakllanishiga sabab boʻladi. Sh.Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan Shimoliy Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makenzi va boshqalar yirik daryolar yiliga 5000 km³chuchuk suv olib boradi. Shu sababli, okean yuzasidagi suvning shoʻrligi 32%o, materik sayozligidagi dengizlarda 25—29%o. Yuza suvlarning temperaturasi qishda 1°, yozda 0—5°. Sovuq va chuchuk suvlar yuza oqimlar taʼsirida Atlantika okeaniga oqadi. Uning oʻrniga Atlantika va Tinch okeanlarning iliq va shoʻr suvlari oqib keladi. Suv qalqishi har yarim sutkada takrorlanadi, balandligi markaziy qismida 0,5—0,6 m, gʻarbida 1 m gacha, Barens dengizida 6 m gacha yetadi.
SH.Shimoliy Muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri uning qishda 9/10 qismining muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3–4 m qalinlikdagi qoʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi.
Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Sh.Shimoliy Muz okeani oʻsimlik va hayvonot dunyosi Arktika va Atlantika oblastiga mansub. Fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli tuman (2000 dan ziyod turi bor). Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.
Iqtisodiy geografik ocherki. Sh.Shimoliy Muz okeanining noqulay iqlim sharoiti uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Okeanning jahon xoʻjaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bogʻliq. Okean dengizlarida baliqning 150 turi va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Baliqlardan tashqari okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suvoʻtlar olinadi. Foydali qazilma konlarini razvedka qilish va qazib olish ishlari olib borilmoqda. Kanada Arktika arxipelagida qoʻrgʻoshinrux va temir rudalari, Skandinaviya sohillarida xromit, nikel, temir va boshqalar rudalar, Grenlandiya sohillarida molibden rudalari olinadi. Suv ostidan neftgaz olish rivojlanmoqda. Shpitsbergen arxipelagida toshkoʻmir qazib olinadi. Sh.Shimoliy Muz okeanining transport ahamiyati oshib bormoqda. Okean dengizlari orqali 3 asosiy yoʻnalishda suv yoʻllari oʻtadi: Atlantika okeanidan Norvegiya dengiziga, Shimoliy dengiz yoʻli — Barens va Oq dengiz portlaridan Bering boʻgozigacha, Arktika boʻylab turli marshrutlar. Ular Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya gʻarbiy sohildari va AQShning shim.sharqiy sohillaridagi aholi punktlarini oʻzaro bogʻlaydi. Muhim portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Kandalaksha, Dikson, Tiksi (Rossiya), Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya), Cherchill (Kanada), Valdiz (AQSH).
SH.Shimoliy Muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va oʻsha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geogr. jamiyati Sh.Shimoliy Muz okeani deb atadi. Tadqiq qilinish tarixini Arktika maqolasidan qarang.
Shimoliy muz okeani - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirgʻoqlari oraligʻida joylashgan. Ushbu ummon bo'g'ozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. U Dunyo okeanining 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 17 million kub kilometr. Oʻrtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni boʻyicha Tinch okeanidan soʻng ikkinchi oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Franss-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o'sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi. Shimoliy Muz okeanidagi dengizlar Grenlandiya,Norvegiya,Oq,Barens,Kara,Laptevlar
Shimoliy muz okeani iqlimi Arktika iqlimiga mansub. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli hudud), yozda past bosimli hudud joylashadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy qismida oʻrtacha –28 dan –30 darajagacha. Shamol tezligi ba’zan bir soniyada 25 metrgacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo harorati –10 dan -12 gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat -6, -8 gacha koʻtariladi. Bulutli va tumanli kunlar koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi. Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi Bu yerda fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli-tuman boʻlib, ularning turi 2000 dan oshadi. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.
Shimoiy muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri qishda uning oʻndan toʻqqiz qismi muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3-4 metr qalinlikdagi koʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi. Muzliklarning umumiy maydoni taxminan 26 ming kub kilometrni tashkil etadi. Arktika havzasida koʻchib yuruvchi muz orollari ham bor. Ularning qalinligi 30-35 metrni tashkil etadi. Biroq soʻnggi vaqtlarda jahon olimlari tomonidan okeandagi muzliklar maydoni tobora qisqarib borayotgani aytilmoqda. Xususan, Kolorado universiteti tomonidan sun’iy yoʻldosh orqali amalga oshirilgan tahlil ma’lumotlari shuni koʻrsatadiki, muz maydonlar oʻrtacha hisobdan 14 foizga qisqargan. Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, 2070-yilga borib qutb muzliklari yoz davrida butunlay yoʻqolib ketishi bashorat qilinmoqda.
Shimoliy muz okeanidagi noqulay ob-havo sharoiti uning iqtisodiyotiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Ummonning jahon xoʻjaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bogʻliq. Okean dengizlarida baliqning 150 va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Shuningdek, baliqlardan tashqari, okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suv oʻtlar hamda qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden kabi foydali qazilmalar olinadi. Qolaversa, suv ostidan neft-gaz olish ham rivojlangan. Okeanning yirik dengizlari orqali uch asosiy yoʻnalishda suv yoʻllari oʻtadi. Yirik portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Dikson, Tiksi, Pevek (Rossiya); Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya); Cherchill (Kanada).
Shimoliy muz okeani dunyoning eng kichik ummoni boʻlsa-da, jahonning eng xavfli okeaniga aylanib bormoqda. Bunga sabab shuki, u Sovuq urush davrida radiatsion chiqindilar makoniga aylanib qolgan edi. Shu sababli endi okean kimyoviy bombaga aylanib borayapti. Bu haqda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi (WWF) ma’lum qilgan. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, shimoliy muz okeanida DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) ga oʻxshash taqiqlangan pestitsidlar, uni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagiga nisbatan ancha koʻpligi aniqlangan. Shuningdek, ayrim zararli kimyoviy moddalar muzlar tarkibida mavjudligi ma’lum boʻldi. Bunday moddalar baliqlar, tyulen va hatto kitlar yogʻidan ham topilgan. WWFning ta’kidlashicha, zararli kimyoviy moddalar oqimlar bilan shimol tomonga harakatlanmoqda. U yerda esa mazkur moddalar muzlab, ma’lum muddatdan soʻng erigach, atrof-muhitni zaharlayapti.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Okeanlar (Ularning barchasi dunyo okeanining bir qismidir) |
Tinch okeani · Atlantika okeani · Hind okeani · Janubiy okean · Shimoliy Muz okeani |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.