Futbol boʻyicha 2020-yilgi Oʻzbekiston Superligasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Futbol boʻyicha 2020-yilgi Oʻzbekiston Superligasi, qisqacha Superliga-2020 – Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 29-mavsumi. Oʻzbekiston Superligasi 2020-yilgi Oʻzbekiston Superligasi, Coca-Cola Uzbekistan Superligasining rasmiy homiylik nomi bilan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi shafeligida oʻtkaziladi.
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Sana | 2020-yil mart–noyabr oylarida |
Jamoalar | 14 |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Paxtakor |
2-oʻrin | Nasaf |
3-oʻrin | AGMK |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 182 |
Gollar soni | 450 (har oʻyinda oʻrtacha 2.47 ta) |
Toʻpurar(lar) | Dragan Cheran (20 gol) |
← 2019 2021 → |
Bu mavsumda 14 ta klub ishtirok etdi. Turnir anʼanaviy tarzda „bahor-kuz“ tizimi boʻyicha oʻtkazildi. Iyul oyida ligada birinchi va ikkinchi davralar oʻrtasida yozgi tanaffus boʻldi. Chempionat 2 turda oʻtkazildi. Oʻyinlar haftaning oxirgi kunlarida (juma, shanba va yakshanba) kechki payt oʻtkazildi. Superligaga faqat klublarni litsenziyalash boʻyicha barcha talab qilinadigan shartlarga toʻliq rioya qilgan jamoalar qoʻyildi.
Superliga-2020da legionerlar limiti 4+1 edi. 2020-yilgi Oʻzbekiston Superligasining barcha oʻyinlari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Sport telekanali orqali translyatsiya qilindi.