![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9d/CheloKabab.jpg/640px-CheloKabab.jpg&w=640&q=50)
Eron oshxonasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eron oshxonasi dunyodagi eng qadimgi, noyob va nufuzli oshxonalardan biridir. Eron oshxonasi yunon, turk, arab va hind oshxonalariga katta taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek, Eronning tarixiy nomidan kelib chiqib, uni „Fors milliy taomlari“ deb ham atashadi[1][2].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9d/CheloKabab.jpg/640px-CheloKabab.jpg)
Guruch eronliklar ovqatlanish ratsionidagi asosiy mahsulotdir. Bundan tashqari goʻsht (asosan qoʻy goʻshti) ham eronliklarning deyarli har bir ovqatlanish mahalida uchraydi. Koʻkatlar va piyoz eron milliy taomlarida muhim ahamiyatga ega mahsulot boʻlib, deyarli har bir taomda ishlatiladi. Maʼlumki, chorvachilik uzoq vaqtdan beri bu mamlakatning qadimiy tarmogʻlaridandir. Xususan, sut, pishloq va ayniqsa qatiq kabi sut mahsulotlari eronliklarning dasturxonida doim uchraydi. Haqiqiy Eron pazandachiligi nozik taʼmlarni yaratishga va qayla va kabob kabi nisbatan oddiy taomlar bilan taomlar tayyorlashga moyildir. Eronda ishlatiladigan eng mashhur ziravor zaʼfarondir; Ammo boshqa koʻplab taʼm beruvchi qoʻshimchalar, jumladan, limon, yalpiz, zardchova, gulob, shuningdek, anor va yongʻoq kabilar eron milliy taomlarida keng foydalaniladi.
Guruchdan tashqari non ham eronliklar ovqatlanish rejimining asosiy tarkibiy qism hisoblanadi. Barbari, Taftan, Lavash va Sangaki kabi non turlari sevib isteʼmol qilinadi. Eronliklar Chelou turlarini tayyorlashda tah-e dig, Zirk zaʼfaron va Ojil foydalanadilar. Bu mamlakatdagi umumiy ovqatlanish maskanlarida birinchi taom sifatida kabob taklif etiladi. Kabobning keng tarqalgan turlariga kabobi baxtiyori, chelou kabob, joʻja kabob va Kubide kabobi kiradi.
Baliqli sabzi palov, Obgusht, doʻlma, zereshk palov, sabzi palov, fasenjon, qorme sabzi va mirzoqosimi kabi taomlar eronliklar dasturxoniga rang-baranglik bagʻishlaydi
Eron shirinliklarining barcha turlari ham disert sifatida isteʼmol qilinadi. Masalan, ranginak, folude va eron muzqaymoqlari bu mamlakatning eng mahhur disertlaridandir. Eronliklar nonushtasi oʻziga xos menyuga ega. Tushlik asosiy taom, kechki ovqat esa odatda engilroq boʻladi. Eron ikrasi dunyoda mashhurdir va bir vaqtlar Eron dunyodagi birinchi ikra ishlab chiqaruvchisi boʻlgan.