Kubide kabobi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kubide kabobi — (forscha: کباب کوبیده — kabāb-e kubide) Eron oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri boʻlib, anʼanaviy eron kaboblaridandir. Bu kabob qiyma goʻshtdan tayyorlanadi va asosan guruch bilan isteʼmol qilinadi. Kabobning bunga oʻxshash turi dunyoning aksar xalqlarning milliy oshxonasida mavjud. Kabobning kaloriya miqdori: har bir kabob sixida 250 dan 300 kaloriyagacha boʻlishi mumkin. Bu kabob eronliklar orasida eng ko‘p isteʼmol qilinadigan kabob hisoblanadi. Kubide kabobining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, asosan, qo‘y go‘shti, mol goʻshti va tovuq go‘shtlaridan tayyorlanadi. Uning eng mashhuri biroz yogʻli qoʻy goʻshti va piyozdan tayyorlangan turidir.
Garchi Eron kubide kabobi asosan qo‘y go‘shti bilan tayyorlansa-da, ammo bugungi kunda uni mol go‘shtidan ham pishirishmoqda.