![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2a/Dennis_Bergkamp_2014.jpg/640px-Dennis_Bergkamp_2014.jpg&w=640&q=50)
Dennis Bergkamp
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dennis Nicolaas Maria Bergkamp (1969-yil 10-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. Dastlab yarim himoyachi boʻlgan Bergkamp keyinchalik hujumchi, keyin esa ikkinchi hujumchi pozitsiyasiga oʻtdi. „ Arsenal“ muhlislari Bergkampni klubda saqlab qolish uchun unga "Uchmaydigan golland " laqabi berilgan. Bergkamp koʻpchilik muhlislar tomonidan oʻz davrining eng zoʻr oʻyinchilaridan biri hamda „Ayaks“ va „Arsenal“ning eng zoʻr oʻyinchilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
![]() 2014-yil Bergkamp Emirates Stadium stadionida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dennis Nicolaas Maria Bergkamp[1] | ||
Tavallud sanasi | 10-may 1969-yil (1969-05-10) (55 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Amsterdam, Netherlands | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1981—1986 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1986—1993 | Ajax | 185 | (103) |
1993—1995 | Inter Milan | 52 | (11) |
1995—2006 | Arsenal | 315 | (87) |
Milliy terma jamoa | |||
1989 | Netherlands U21 | 2 | (0) |
1990—2000 | Netherlands | 79 | (37) |
Boshqargan klublari | |||
2011—2017 | Ajax (assistant) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Elektrikning oʻgʻli boʻlgan Bergkamp Amsterdamda tugʻilgan. U 11 yoshida " Ayaks " tomonidan klubga chaqirilgan va 1986-yilda professional debyut qilgan. Samarali oʻyinlari tufayli bir yildan soʻng Gollandiya terma jamoasiga chaqiruv olib, bir qancha Yevropa klublarining eʼtiborini tortdi. Bergkamp 1993-yilda Italiyaning „ Inter“ klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda ikki qiyin mavsum oʻtkazgan. 1995-yilda „Arsenal“ga qoʻshilganidan soʻng, u klubga uchta Premer-liga chempionligi, toʻrtta Angliya kubogi sovrini va 2006-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi, bu uning futbolchi sifatidagi soʻnggi oʻyini edi. Murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanmasligini eʼtirof etgan boʻlsada, Bergkamp 2011-yildan 2017-yilgacha „Ayaks“da yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan.
Gollandiya terma jamoasi bilan Bergkamp Evro-1992 da muvaffaqiyatli qatnashib mamlakati yarim finalga qadar yetib boradi va unda Bergkamp uchta gol urdi.[4] 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida u Argentinaga qarshi chorak finalning soʻnggi daqiqasida esda qolarli gʻalaba golini urdi, bu FIFA Jahon chempionatidagi eng yaxshi gollardan biri sifatida qabul qilindi.[5] Bergkamp 1998-yilda Faas Uilksning rekordini ortda qoldirib, mamlakatning barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi, keyinchalik bu rekord Patrik Klyuyvert, Klaas-Yan Xuntelaar va Robin van Persi tomonidan qayt etildi.
Bergkampni Yan Mulder Gollandiya terma jamoasining „eng zoʻr texnik“ oʻyinchisi[6] va jamoadoshi Tyerri Anrining „orzusidagi hujumchi“ deb taʼriflagan.[7] Bergkamp FIFA Jahonning eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasida ikki marta uchinchi oʻrinni egalladi va Pele tomonidan FIFA 100 ta eng yaxshi tirik oʻyinchilardan biri sifatida tanlandi. 2007-yilda u Angliya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi, bu sharafga sazovor boʻlgan birinchi futbolchi sifatida tarixda qoldi. Bergkamp 2021-yilda Premer-liga Shon-sharaf zaliga kiritildi. 2017-yilda Bergkampning 2002-yilda " Nyukasl Yunayted „ darvozasiga urgan goli liganing 25 yillik tarixidagi barcha vaqtlardagi eng yaxshi Premer-liga goli deb topildi.[8]