Bobur
Boburiylar sulolasi asoschisi, sarkarda, tarixchi, shoir (1483–1530) / From Wikipedia, the free encyclopedia
Bobur (taxallusi) toʻliq ismi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. U 1483-yil 14-fevral–1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan[2]. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari, ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta xotini boʻlgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.
Qisqa faktlar Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburiylar imperatori (Podshoh) ...
Zahiriddin Muhammad Bobur | |
---|---|
Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx mirzo | |
Boburning ideallashtirilgan portreti, 17-asr boshlari | |
Boburiylar imperatori (Podshoh) | |
Hukmdor | 20-aprel 1526 – 26-dekabr 1530 |
Oʻtmishdoshi | Umarshayx Mirzo |
Vorisi | Humoyun |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-fevral 1483-yil Axsi, Andijon viloyati |
Vafoti |
26-dekabr 1530-yil(1530-12-26) (47 yoshda) Agra |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari |
|
Onasi | Qutlugʻ Nigorxonim |
Otasi | Umarshayx Mirzo |
Kasbi | Shoh, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, shahzoda |
Dini | sunniylik[1] |
Yopish