Aqtoʻbe (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aqtoʻbe viloyati — (1992-yilgacha Aktyubinsk viloyati) Qozogʻiston Respublikasidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 300,6 ming km2. Aholisi 786,349 ming kishi (2012), asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 54 %. Aqtoʻbe viloyatida 13 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Aqtoʻbe shahri. Temir yoʻl uzunligi 1140 km. Asosiy temir yoʻllari: Orenburg — Aqtoʻbe — Toshkent va Aterov — Qandagʻach — Orsk. Havo yoʻllari Aqtoʻbeni Moskva, Almati va viloyatning boshqa tumanlari bilan bogʻlab turadi. Aqtoʻbedan Aterov — Orsk neft quvuri oʻtadi.
Qisqa faktlar viloyat, Tegishli ...
viloyat | |
---|---|
Tegishli | Gʻarbiy Qozogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Aqtoʻbe |
Asos solingan sanasi | 10-mart 1932-yil |
Akim | Muhambetov Arximed Begejanovich |
Aholi (2014) |
808,878[1] (4,7 % , (7-oʻrin) |
Zichligi | 2,70 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 78,28 % ruslar 12,60 % ukrainlar 4,73 % tatarlar 1,34 % olmonlar 0,93 % [2] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 300 629 km² (11 %, 2-oʻrin) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 713 xx x-xx-xx [3] |
Pochta indeksi | 03xxxx[4] |
Avtomobil raqami kodi | D,04 |
Rasmiy sayti | http://aktobe.gov.kz/ |
Xaritada | |
50°17′4″N 57°13′48″E |
Yopish