Aqtoʻbe
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aqtoʻbe shahri (qozoqcha: Ақтөбе) — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻba viloyatidagi shahar, viloyat markazi[4]. Respublikaning shimoli-garbida, Ilek daryosining (Ural tarmogʻi) chap sohilida, Orenburg — Toshkent temir yoʻl yoqasida joylashgan. Avtomobil va havo yoʻllarining muhim tuguni. Shahar 1869-yilda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1891-yildan shahar. Rossiyaning Orenburg viloyati bilan, Qozogʻistonning Gʻarbiy Qozogʻiston, Atirau, Qoʻstanoy, Qiziloʻrda va Mangʻistov viloyatlari bilan chegaradosh. Aqto'be viloyatining markazi. Shaharda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilishadi. Shaharda 3 oliy oʻquv yurti, teatr, 2 muzey mavjud[5].
Qisqa faktlar Mamlakat, viloyat ...
Aqtoʻbe qoz. Ақтөбе | |
---|---|
shahar | |
50°16′0″N 57°13′0″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Aqto'be viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Umarov Yerhan Bulatjanovich |
Asos solingan | 1869 |
Qachondan beri shahar | 1880 |
Maydon | 235 km2 (91 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2014) |
↗ 377,520[1] |
Zichligi | 1606 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 7132[2] |
Pochta indeks(lar)i | 030000[3] |
Avtomobil kodi | D, 04 |
Aqtoʻbe qoz. Ақтөбе |
Yopish