![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/95/Amir_Burunduq_maqbarasi.jpg/640px-Amir_Burunduq_maqbarasi.jpg&w=640&q=50)
Amir Burunduq maqbarasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amir burunduq maqbarasi. Amir Burunduq maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (XIV asr oxiri). Amir Temurning qoʻshin boshligʻi Amir Burunduq qabri ustiga qurilgan. Shohizinda ansambli tarkibidagi bir xonali, peshtoqli, qoʻsh qavat gumbazli bino. Peshtoqi naqshli sopol parchin, boʻrtma naqshli koshin, silliqlangan gʻisht qoplab bezatilgan. Bino ichiga koʻk rangli parchinlar, qizil kesakdan bejirim naqshlar ishlangan. Janubiy devorida — qabriston tomonda eshigi bor. Yertoʻla — goʻrxonasi chortoq tarhli; Turkiston meʼmorchiligida kam uchraydigan chortoq gumbaz bilan yopilgan. Ichkarida 9 ta qabr saqlanib qolgan[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0f/%D0%9C%D0%B0%D0%B2%D0%B7%D0%BE%D0%BB%D0%B5%D0%B9_%D0%AD%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%B0_%D0%91%D1%83%D1%80%D1%83%D0%BD%D0%B4%D1%83%D0%BA%D0%B02.jpg/640px-%D0%9C%D0%B0%D0%B2%D0%B7%D0%BE%D0%BB%D0%B5%D0%B9_%D0%AD%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%B0_%D0%91%D1%83%D1%80%D1%83%D0%BD%D0%B4%D1%83%D0%BA%D0%B02.jpg)
Qisqa faktlar Joylashuv, Turi ...
Amir Burunduq maqbarasi | |
---|---|
![]() | |
Joylashuv | Samarqand |
Turi | Maqbara |
Material | Pishiq gʻisht |
Meʼmoriy uslubi | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Balandligi | 14 metr |
Qurilish tamomlangan | XIV asrning 90-yillari |
Xarita | |
Koordinatalari | 39.66313°0′0″N 66.98795°0′0″E |
Yopish