From Wikipedia, the free encyclopedia
Parchin (fors.) — meʼmorlik bezaklarida ishlatiladigan sirlangan sopol taxtachalar; turli ranglarda sirlanishi bilan koshindan farq qiladi. Naqsh, yozuv, tasvirlar ishlash (mozaika)da parchindan foydalaniladi. Shakli: teng tomonli uchburchak, murabba, toʻrtburchakli, baʼzan 6, 8 qirrali ham boʻladi. Usta parchin usulida bezak yaratishi uchun avval xom loydan taxtachalar tayyorlaydi, ularni xumdonda pishirib sopol holiga keltiradi, soʻng ustidan sir beradi (boʻyay-di). Sirlangan taxtachalar xumdonda yana pishirib olinadi, shundan soʻng binolar bezagida ishlatiladi. Oʻzbekiston hududida parchin bilan bezatilgan meʼmoriy obidalar koʻp (Registon ansambli va boshqalar). Hozirgi kunda ham meʼmorlikda parchin keng qoʻllanadi (Xalqlar doʻstligi saroyi, Oliy Majlis, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolarida va hokazo).[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.