From Wikipedia, the free encyclopedia
Alphonse Gabriel Capone[2] (talaffuzi: Al Gabriel Kapone) (1899-yil 17-yanvar — 1947-yil 25-yanvar), shuningdek „Scarface“ taxallusi bilan ham tanilgan, amerikalik gangster va tadbirkor. 1925-yildan 1931-yilgacha Chicago Outfit boshligʻi. Capone 33 yoshida 7 yillik qamoq jazosiga tortilishi bilan, jinoyatchilik olamidagi hukmronligi oʻz nihoyasiga yetadi.
Al Capone | |
---|---|
Al Caponening 1930-yildagi tasviri | |
Tavalludi |
17-yanvar 1899-yil |
Vafoti |
25-yanvar 1947-yil (48 yoshda) Palm oroli, Florida, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh[1] |
Kasbi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Mae Coughlin (turm. 1918) |
Bolalari | 1 ta |
Otasi | Gabriele Capone |
Onasi | Tereza Capone |
Laqablari:
| |
Imzosi | |
Izohlar | |
Qabri Karmel togʻi qabristoni, Hillside, Illinoys, AQSH |
Capone 1899-yilda Nyu-Yorkda italiyalik muhojirlar oilasida tugʻilgan. Oʻsmirlik chogʻida Five Points Gangga qoʻshilgan va foxishaxonalar faoliyati bilan shug'ullanuvchi uyushgan jinoyatchilik faoliyatini boshlagan.
Capone turli xayriya tashkilotlariga xayr-ehson qilgan va koʻpchilik nazdida „zamonaviy Robin Gud“ sifatida koʻrilgan[3]. Biroq, sevishganlar kunida amalga oshirgan qirgʻini sababli, jamoatchilar orasida obroʻsiga putur yetadi. Bu holatdan soʻng, nufuzli shaxslar hukumatdan unga qarshi chora koʻrishni talab qilishgan, hamda gazetalarda „1-sonli xalq dushmani“ deb nomlangan sarlavha ostida maqola chop etilgan.
Alphonse Gabriel Capone 1899-yil 17-yanvarda New Yorkning Bruklin shahrida tavallud topgan[4]. Uning ota-onasi italiyalik muhojirlar Gabriele Capone (1865-1920) va Tereza Capone (1867-1952)[5]. Caponening otasi sartarosh, onasi esa tikuvchi boʻlib, ikkalasi ham Salerno provinsiyasidagi Angri shahrida tugʻilgan[6][7]. 1893-yilda Caponening oilasi oʻsha paytdagi Avstriya-Vengriyaning port shahri boʻlgan Fiume (hozirgi Riyeka, Xorvatiya) orqali, AQShga kemada koʻchib oʻtishgan[8][9]. Oila AQShga koʻchib kelganlaridan soʻng, Bruklinning Navy Yard qismida joylashgan Navy koʻchasi 95-uyida istiqomat qila boshlagan. Capone 11 yoshga toʻlganda, oilasi bilan Bruklindagi Park Slopeda hududiga koʻchib oʻtgan[10].
Capone 1918-yil 30-dekabrda 19 yoshik chogʻida Mae Josephine Coughlin bilan oila qurgan. Qiz irlandiyalik katolik bo'lgan. Shu oyning boshida, to'ydan bir necha kun avval ularning oʻgʻli Albert Frencis „Sonny“ Caponeni (1918-2004) dunyoga kelgan. Albert bolaligida chap qulogʻining eshitish qobiliyatini yoʻqotgan. Capone 21 yoshga toʻlmaganligi uchun uning ota-onasi nikohga yozma ravishda rozi boʻlishi kerak edi[11]. Al Capone va Mae Josephine Coughlin juftlikligi baxtli turmush kechirgan[12].
Al Capone dastlab mayda oʻgʻrilik bilan shugʻullanuvchi Junior Forty Thieves va Bowery Boys singari toʻdalarda boʻlgan. Keyinchalik Capone Bruklin Rippersga, unda keyin Manhattandagi Five Points guruhlariga qoʻshilgan. Frankie Valega ishlayotgan paytida asosan barlarda faoliyat olib borgan. Capone tungi barda eshik oldida qoʻriqchilik qilayotgan vaqtida, beixtiyor bir ayolni haqorat qiladi va ayolning akasi Frank Galluccio tomonidan yuzining chap tomoniga uch marotaba pichoq uriladi. Ayni shu hodisa sabab, unga oʻzi yomon koʻrgan „Scarface“ taxallusi beriladi[13][14][15]. Bu voqea yuzaga kelgan sanasi aniq bayon qilinmagani aytiladi[16][17][18]. Caponeni suratga tushirishayotganda, jarohatlar urush davridan qolgan ekanligini aytib, yuzining chandiqli tomonini yashirgan[19][20]. Yuzidagi chandiq sababli eng yaqin doʻsti Caponeni „Snorky“ deb atagan[21].
Sogʻligʻi yomonlashgani tufayli, Capone 1939-yil 16-noyabrda qamoqdan ozod qilingan[22] va sifilitik parezni davolash uchun Baltimordagi Johns Hopkins kasalxonasiga yuborilgan. Jinoyatchilik borasidagi faoliyati tufayli, Johns Hopkins uni davolashdan bosh tortadi, ammo Baltimordagi Union Memorial kasalxonasi bemorni qabul qiladi. Caponega koʻrsatgan gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik sifatida, 1939-yilda Union Memorial kasalxonasiga ikkita yapon gilos daraxtini sovgʻa qiladi. Bir necha haftalik statsionar va ambulator tibbiy yordamdan soʻng, Capone 1940-yil 20-martda ogʻir kasal holida Baltimorni tark etib, oʻz uyiga, Floridaning Palm orolidagi saroyiga koʻchib oʻtadi[23][24][25]. 1942-yilda Qoʻshma Shtatlarda penitsillinning ommaviy ishlab chiqarilishi boshlanganidan soʻng, Capone yangi dori bilan davolangan ilk amerikalik bemorlar qatorida tilga olinadi[26]. Garchi uning miyasidagi kaallikni bartaraf etish uchun juda kech boʻlsa-da, bu dori kasallikning rivojlanishini sekinlashtirgan[27].
1946-yilda shaxsiy shifokori va Baltimorlik psixiatr unda kechayotgan kasallikni koʻrib, Caponega 12 yoshli bola ruhiyatiga ega, degan xulosa bergan[28]. Capone umrining soʻnggi yillarini xotini va nevaralari bilan Palm orolidagi saroyida oʻtkazgan[29]. 1947-yil 21-yanvarda Capone insultga uchragan. Shuningdek, unda bronxopnevmoniya ham vujudga kelgan. 22-yanvar kuni bilan Caponening ahvoli ogʻirlashgan va 25-yanvar kuni apopleksiya natijasida oʻz oilasi davrasida, yurak yetishmovchiligi sababli vafot etgan[30][31].
Al Capone dastlab Chikagodagi Olivet togʻ qabristonida dafn etilgan. 1950-yilda Caponening hoki otasi Gabriele va ukasi Frankning hoki bilan birga Hillsidedagi Karmel tog‘ qabristoniga ko‘chirilgan[32][33].
Capone XX asrning eng mashhur amerikalik gangsterlaridan biri boʻlib, koʻplab maqolalar, kitoblar va filmlarning asosiy mavzusiga aylangan. Xususan, 1925-yildan 1929-yilgacha, Capone Chikagoga koʻchib oʻtganidan koʻp vaqt oʻtmay, mamlakatdagi eng mashhur mafiya maqomiga erishgan. Ommaviy axborot vositalarida oʻzining maʼlum bir imidjini rivojlantira olgan va koʻpchilikning nazarida boʻlgan[34][35].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.