Avliyo Valentin kuni, Valentin kuni,[1][2][3] Avliyo Valentin bayrami[4] yoki Sevishganlar kuni — har yili 14-fevralda nishonlanadigan bayram. Avliyo Valentin kuni juda koʻp mamlakatlarda nishonlanadi, ammo deyarli barchasida 14-fevral ish kunidir[3].

Thumb
1850-yil chiqqan Valentin kuni otkritkasi
Thumb
Avliyo Valentin kunida shokolad va gul sovgʻa qilish keng tarqalgan

Avliyo Valentin kuni bir yoki bir necha „Valentinus“ ismli xristian ziyolilarni xotirlashga bagʻishlangan liturgik bayramlardan kelib chiqqan. Avliyo Valentin bilan bogʻliq eng mashhur martirologga koʻra, Valentin oila qurish taʼqiqlangan askarlarga toʻylar oʻtkazgani uchun qamalgan. Shuningdek, uni Rim Impersiyasida qiynoqlarga duchor qilingan xristianlarga yordam berishda ayblashgan. Qamoqdaligida Valentin qamoqxona boshchisi Asteriusning qizini davolagani aytiladi. Afsonaga koʻra, Valentin qatl qilinishidan avval qizga „Sening Valentiningdan“ deb xayrlashuv xatini yozgan[5][6].

Bugungi kunda Avliyo Valentin kuni Ingliz uyushmasida va Luteran cherkovida rasmiy ziyofat kunidir[7][8]. Pravoslavlar ham Avliyo Valentin kunini nishonlaydi, ammo 6-iyul rimlik Avliyo Valentin, 30-iyun esa Hieromartyr Valentin yepiskopi sharafiga bagʻishlangan bayramlardir[9][10].

Bu kun tarixi Geoffrey Chaucer yashagan oʻrta asrlarga borib taqaladi. Oʻsha davrda ritsarlik madaniyati juda keng tarqalgan boʻlgan. XV asrga kelib sevishganlar bir-birlariga boʻlgan muhabbatlarini gul sovgʻa qilib, shirinliklar berib va „valentinlar“ deb nomlangan otkritkalar yuborib izhor qila boshlashgan[1][3]. Bugungi kunda ishlatiladigan Avliyo Valentin kuni ramzlariga yurak rasmi, kaptarlar va qanotli sevgi farishtasi kiradi. XIX asrdan boshlab qoʻlda tayyorlangan valentinlar oʻrnini ishlab chiqarilgan otkritkalar egallagan[11].

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.