Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Fohishalik - pul yoki boshqa foyda evaziga jinsiy aloqa qilish[1][2] Fohishalik asosan ayollar orasida uchraydi. Shunday boʻlsada, erkaklar va bolalar orasida ham uchrab turadi.[3]
Fohishalik antik jamiyatda paydo boʻlgan. Ayniqsa Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim va Xitoyda keng tarqalgan boʻlgan. Fohishalik koʻpicha „dunyodagi eng qadimiy kasb“ deb ataladi[4].
Fohishalik hozirda baʼzi mamlakatlarda taqiqlangan yoki cheklab qoʻyilgan, bir necha mamlakatlarda ruxsat etilgan. Jinoyat qonunchiligida zoʻrlab yoki zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki aldash yoʻli bilan fohishalikka jalb qilganligi uchun javobgarlik belgilanadi. Dunyo boʻylab fohishalikdan tushgan daromad 100 milliard AQSH dollaridan koʻp deb taxmin qilinadi[5].
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasiga koʻra, fohishaxona tashkil etish yoki saqlash, shuningdek, gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlarda qoʻshmachilik qilishga nisbatan jinoiy jazo qoʻllanadi[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.