Abdulkarimbiy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdulkarimbiy — (Abdulkarim-xon (1710—1750)), Qoʻqon xoni (1733—1750), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub, Shohruxbiyning oʻgʻli. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga oʻtirgan. Xonlik oʻrdasini Qoʻqon yaqinidagi Tepaqoʻrgʻondan Qoʻqonga koʻchirgan. 1746-yil Oʻratepa hokimi Fozilbiy yordamida qalmoqlar hujumini qaytargan. Abdulkarimbiy Qoʻqon shahrida saroy, Madrasa, bozor va Isfara, Qatagʻon, Margʻilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan[1].
Qisqa faktlar Saltanat, Oʻtmishdoshi ...
Abdulkarimbiy | |
---|---|
Saltanat | 1734 — 1750 |
Oʻtmishdoshi | Abdurahimbiy (1721—1733) |
Davomchisi | |
Tugʻilishi |
1701 yoki 1703 yoki 1706 Qoʻqon Buxoro xonligi |
Vafoti |
1750 Qoʻqon xonligi |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Sulola | Minglar |
Otasi | Shohruxbiy |
Onasi | Tolgʻanoy Oyim |
Dini | Islom |
Yopish
Qoʻqon xonligidagi oʻzbeklarning[2] Ming sulolasidan boʻlgan uchinchi hukmdor boʻlgan Abdulkarimbiy 1734-yildan boshlab hukmronlik qilgan. Abdukarimbiy 1734-yilda vafotidan keyin Qo‘qon xonligida hokimiyatni meros qilib olgan Abdurahimbiyning ukasi boʻlgan.