Erdonabiy
Qoʻqon xoni / From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdulqayumxon yoki Erdonabiy, Erdonabek, Erdonaxon (1720—1764) — 1720-yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. 1751—1764-yillarda Qo‘qon xonligida hukmronlik qilgan, oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub beshinchi xon. 1750-yilda Abdulkarimbiy vafot etgach, Qoʻqon xonligida hokimiyat uning oʻgʻli Abdurahmonbiyga, 10 oydan keyin esa taxt uning jiyani Erdonabiy ibn Abdurahimbiyga oʻtadi[1]. Uning hukmronligining boshlanishi Minglar vakillari o'rtasida hokimiyat uchun kurashning keskinlashuvi bilan tavsiflanadi. 1752-yilda mamlakatda hokimiyatni Qaynardagi jung‘arlar orasida yashovchi Bobobek taxtga da'vo bilan chiqib uni vaqtincha egallab oldi, uning hukmronligi oʻn oy davom etdi[2]. So‘ngra 1753-yil amaldorlar kengashi qaroriga ko‘ra Qo‘qon qo'shinlari O‘ratepani egallash uchun yuborilgan. Safar chog‘ida Beshariqda Bobobek o‘ldirilgan va taxtga Erdonabiy o‘tqazilgan. Manbalarga qaraganda Erdonabiy adolatli hukmdor bo‘lgan. U o‘z hududini kengaytirish uchun O‘ratepaga yurishni davom ettiradi. Biroq yurish muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Qoʻqonga chekingan. 1758-yil Erdonabiy Oʻratepaga qayta yurish qilib shaharni egallagan. 1762-yil Xitoy elchilari kelib Xitoyning Turkiston va Samarqandga yurish qilmoqchi ekanligini, buning uchun Erdonabiy odamlar, otlar, hoʻkiz va qoʻylar ajratishi lozimligini aytadilar. Erdonabiy, Oʻratepa va Xoʻjand hokimi Fozilbiy hamda qirgʻiz sultonlari kengashib Ahmadshoh Durroniydan yordam soʻrab, Afgʻonistonga noma yuborganlar. Ahmadshoh Oʻrta Osiyo xonlari bilan tuzilgan ittifoqqa bosh boʻladi. Garchi bu ittifoq natijasiz tugagan boʻlsa ham Xitoyning jungʻarlarga tegishli hududlarini Toshkent, Sayram, Suzoq va Turkistongacha kengaytirish niyatlari barbod boʻlgan.
Erdonabiy | |
---|---|
Oʻtmishdoshi | Abdulkarimbiy (1733—1750) |
Davomchisi | Bobobek (1752-1753) |
Saltanat | 1751 — 1752 |
Saltanat | 1753 — 1762 |
Oʻtmishdoshi | Bobobek |
Davomchisi | Sulaymonbiy |
Tugʻilishi |
1720-yil Qo‘qon |
Vafoti | 1764-yil |
Sulola | Ming |
Otasi | Abdurahimbiy |
Dini | Islom sunniy |