Istaravshan
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Istaravshan (tojikcha: Истаравшан; forscha: استروشن) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati Oʻratepa tumanidagi shahar (2002-yilgacha Oʻratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xovos (45 km). Iyul oyining oʻrtacha harorati 25°, yanvarniki — 2°. Yillik yogʻin 368 mm. Istaravshandan viloyat markazi Xoʻjand shahrigacha 73 km. Shahar markazidan Dushanba — Xoʻjand avtomagistrali (Shaxriston va Anzob dovonlari orqali) oʻtadi. Aholisi 57,4 ming kishi (2013).
shahar | |
39°54′39″N 69°0′23″E | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Sugʻd viloyati |
Hukumat | |
Abdulloyev Ibragim Gʻoibnazarovich | |
Asos solingan | miloddan avvalgi VI |
Avvalgi nomlari | Ustrushan, Kurushkada, Kiropol, Oʻratepa |
Maydon | 18,309 km2 (7,069 kv mi) |
Markazi balandligi | 1000 m |
Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
↗ 57 400[1]. |
Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992 3454 |
Pochta indeks(lar)i | 735610 |
Avtomobil kodi | 02РТ |
|
Istaravshan Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, shaharning bunyod etilishi miloddan avvalgi 6-asrga toʻgʻri keladi. Istaravshanilk oʻrta asrlarda (5—9 asrlar) Oʻrta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi bilan Sangzordaryo oraligʻidagi hududni oʻz ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-gʻarbiy qismi va Oʻzbekistonning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari). Istaravshanning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Miloddan avvalgi 6-asrning 30-yillarida qadimgi Istaravshan hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II oʻz davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab 7 ta chegara qalʼasi qurdirgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 4-asrda Aleksandr bu qalʼalarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol kattik, qarshilik koʻrsatgan. Milodiy 5-asr oxiri — 7-asrda Istaravshan hududi eftaliylar va Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Istaravshanni mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Istaravshan mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qoʻshib olingan. 893-yilgacha Istaravshanni xalifalik vassallari boʻlgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe boʻlgan. Istaravshan Oʻratepa nomi bilan dastlab Boburning "Boburnoma" asarida (16-asr) tilga olingan. 18-asrda mustaqil hudud sifatida maʼlum edi. Keyinchalik, Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1886-yil shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari egallagan[2].
Shahar qadimdan Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashganligi bois hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Istaravshanda jahon bozori tashkil etilgan.
Istaravshanda sanoat korxonalari, meva va sabzavot konservalash, non, sut, gʻisht zavodlari, trikotaj fabrikasi mavjud. Shuningdek, shaharda savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Istaravshan yogʻoch, metallga oʻyib gul solish, sopolga gul solish va kashtachilikning qadimdan markazi.
Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika va hunar-texnika bilim yurtlari, kutubxona, klub, xalq teatri, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Mehmonxonalar, kasalxona, tugʻruqxona va poliklinikalar aholiga xizmat koʻrsatadi[3].
Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkgumbaz (Abdullatif Sulton) masjidi va madrasasi (16—17-asrlar), Bobotagʻo (15-asr oxiri), Abduqodir Jeloniy (Geloniy) (15-asr oxiri), Sari Mozor (16-asr) hamda Chorgumbaz (18-asr) maqbaralari va boshqalar; 19—20-asrlarda qurilgan sinchli naqshinkor binolar saqlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.