![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5d/FIFA_Womens_World_Cup_1999.png/640px-FIFA_Womens_World_Cup_1999.png&w=640&q=50)
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi
From Wikipedia, the free encyclopedia
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi uchinchi Jahon chempionati boʻlib ayollar milliy futbol terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro turnir hisoblanadi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1999-yil 19-iyundan 10-iyulgacha butun AQSH boʻylab sakkizta stadionda boʻlib oʻtdi[1]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar terma jamoasi gʻalaba qozondi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tomoshabinlar soni, televideniye reytinglari va jamoatchilikning qiziqishi boʻyicha shu vaqtga qadar oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari ichida eng muvaffaqiyatli boʻldi[2][3].
![A world map showing countries who participated in the Womenʼs World Cup, colored based on their placement in the tournament](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5d/FIFA_Womens_World_Cup_1999.png/640px-FIFA_Womens_World_Cup_1999.png)
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta oʻn oltita jamoani maydonga tushirdi[4]. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻn ikkita jamoa[5] qatnashgann edi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati hakamlar va oʻyin rasmiylarining barchasi ayollardan iborat boʻldi. Har bir uchrashuvga oʻrtacha tashrif buyuruvchilar soni 37 319 tomoshabinni tashkil etdi va umumiy tashrif esa 1,194 millionni tashkil etdi. Bu natija 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qadar eng yuqori boʻlib qoldi[6][7][8]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 30 million dollarlik operatsion byudjetidan jami 4 million dollar foyda oldi[9].
Kaliforniyaning Pasadena shahridagi Rose Bowl stadionida[10] boʻlib oʻtgan 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini 90 185 kishi tomosha qildi[11] va bu ayollar sport musobaqasida tomoshabinlar soni boʻyicha xalqaro rekord oʻrnatdi. Amerika Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Xitoy ayollar terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi[12][13][14]. Oʻyin 5:4 hisobidagi pnealtilar seriyasida 5-gol xitoylik Liu Ying tomonidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng Brandi Chastain oʻz jamoasining beshinchi zarbasi bilan gʻalabali penaltini amalga oshirishi bilan yakunlandi. Xitoylik hujumchi Sun Wen va braziliyalik yarim himoyachi Sislaide do Amor Lima 7 tadan gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishdi[15].
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining B guruhi oʻyinlari 1999-yil 19-27-iyun kunlari boʻlib oʻtdi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi Braziliya, Germaniya, Italiya va Meksika ayollar milliy futbol terma jamoalaridan iborat edi[16].