Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi (portugal tilida: Seleção Brasileira Feminina de futebol) xalqaro ayollar futbolida Braziliya sharafini himoya qiladi va Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) tomonidan boshqariladi. Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi sakkiz marta FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, 2007-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi Amerika ayollar kubogining yettita marta gʻolibi hisoblanadi.
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 1986-yil 22-iyulda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi va 2:1 hisobida magʻlub boʻldi[1].
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1999-yilgi jahon chempionatini uchinchi, 2007-yili esa ikkinchi o‘rinda yakunlagan. Oʻshanda Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi finalda Germaniya ayollar terma jamosiga 2:0 hisobida yutqazgan. Braziliya 2004 va 2008-yillardagi Olimpiada oʻyinlarida ikki marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Braziliya Janubiy Amerikadagi eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi boʻlib, Copa Amerika chempionatining dastlabki toʻrttasida ketma-ket gʻalaba qozongan. 1998 va 1999-yillarda Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi AQSh kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.
2017-yilda Braziliya Futbol Konfederatsiyasi Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiy Emily Limani ishdan boʻshatish haqidagi qarori jamoa futbolchilarida norozilik uygʻotgan edi. Ushbu bahs koʻproq maosh, mamlakatning ayol futbolchisiga nisbatan koʻproq hurmat va eʼtirof uchun bahsga aylanib ketdi. Natijada, Chrishtiane, Rosana va Francielle kabi futbolchilar xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlashlarini eʼlon qilishdi va bu qarorlari bilan kelgusi-yillarda Braziliya ayollar futbolida oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligiga umid qilishdi[2][3].