![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/33/China_x_Su%25C3%25A9cia_-_Futebol_feminino_-_Olimp%25C3%25ADada_Rio_2016_%252828266134914%2529.jpg/640px-China_x_Su%25C3%25A9cia_-_Futebol_feminino_-_Olimp%25C3%25ADada_Rio_2016_%252828266134914%2529.jpg&w=640&q=50)
Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi (xitoycha: 中国国家女子足球队; pinyin: Zhōngguó Guójiā Nǚzǐ Zúqiú Duì, FIFA ayolllar futbolida Xitoy PR qisqartma nomlari bilan tan olingan) xalqaro ayollar futboli musobaqalarida Xitoy Xalq Respublikasi sharafini himoya qiladi. Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Xitoy Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/33/China_x_Su%C3%A9cia_-_Futebol_feminino_-_Olimp%C3%ADada_Rio_2016_%2828266134914%29.jpg/640px-China_x_Su%C3%A9cia_-_Futebol_feminino_-_Olimp%C3%ADada_Rio_2016_%2828266134914%29.jpg)
Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida va 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo kubogida 9 ta chempionlik va Osiyo oʻyinlarida 3 ta oltin medal qoʻlga kiritgan. Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA Jahon reytingidagi eng yaxshi oʻrni 2022-yilda butun xalqaro ayollar futbolida 15-oʻringa chiqqani boʻlgan. Lekin shu vaqtga qadar ham Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA Jahon reytingida kuchli oʻttiztalik ayollar milliy futbol terma jamoalari roʻyxatida boʻlib kelgan.