FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2015)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yettinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo davlatlar futbol assotsiatsiyalarining ayollar Terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionatidir. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga birinchi marta Kanada davlati (bu uchinchi bor Shimoliy Amerika mintaqasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi edi) mezbonlik qildi. Turnir doirasidagi oʻyinlar Kanadaning oltita shahrida beshta vaqt mintaqasida oʻtkazildi. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2015-yil 6-iyunda boshlangan va 2015-yil 5-iyulda[1] final oʻyinida AQSh Terma jamoasining Yaponiya ayollar Terma jamoasi ustidan qozonilgan gʻalabasi bilan yakunlangan.
Coupe du monde féminine de la FIFA, 2015 | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Kanada |
Sana | 6 June – 5 July |
Jamoalar | 24 (6 ta konfederatsiyadans) |
Bellashuv joylari | 6 (6 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | AQSh (3- marta) |
2-oʻrin | Yaponiya |
3-oʻrin | Angliya |
4-oʻrin | Germaniya |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 52 |
Gollar soni | 146 (har oʻyinda oʻrtacha 2.81 ta) |
Muxlislar soni | 1 353 506 (har oʻyinda oʻrtacha 26 029 ta) |
Toʻpurar(lar) |
Germaniya Célia Šašić AQSh Carli Lloyd (har birida 6 tadan gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | AQSh Carli Lloyd |
Eng yaxshi yosh oʻyinchi | Kanada Kadeisha Buchanan |
Eng yaxshi darvozabon | AQSh Hope Solo |
← 2011 2019 → |
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati qamrovi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatigi 16 ta jamoadan 24 tagacha kengaytirildi[2]. Kanada ayollar milliy futbol Terma jamoasi toʻgʻridan-toʻgʻri mezbon sifatida ishtirok etdi va qolgan 23 kvota uchun ayollar futbolidagi 134 ta Terma jamoalardan iborat saralash turniri oʻtkazildi. 2015-yilgi kengaytirilgan turnir natijasida sakkizta Terma jamoa FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qildi[2].
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiining avvalgi barcha finalchil jamoalari turnirda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar. Ular orasida amaldagi chempion Yaponiya va sobiq chempion jamoalar: Germaniya (2003, 2007) va AQSh (1991, 1999) bor edi[3].
2015-yilgi turnirda „Hawk-Eye“ sistemasi asosida birinchi marta golni avtomatik aniqlash tizimidan foydalanilgan. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, shuningdek, erkaklar yoki ayollar uchun sunʼiy qoplamali maydonda oʻynaladigan birinchi Jahon chempionati boʻldi. Garchi jarohatlar xavfi ortishi mumkinligi haqida dastlabki xavotirlar mavjud boʻlsa ham, 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi barcha oʻyinlar shunday qoplamali maydonlarda oʻtkaziladi.