![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/31/Opponents_of_Japan_women%2527s_national_football_team.png/640px-Opponents_of_Japan_women%2527s_national_football_team.png&w=640&q=50)
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (yaponcha: サッカー日本女子代表 Sakkā Nippon Joshi Daihyō?) (yoki Nadeshiko Japan nomi bilan ham tanilgan (yaponcha: なでしこジャでしこジャャパこジャャパパジャパパこジャパパ,)) xalqaro maydonda Yaponiya sharafini himoya qiladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya futbol assotsiatsiyasining tomonidan boshqariladi[1]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi hisoblanadi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 2011-yil dekabrida erishilgan 3-oʻringa chiqqanidir (jahon boʻyicha)[2].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/31/Opponents_of_Japan_women%27s_national_football_team.png/640px-Opponents_of_Japan_women%27s_national_football_team.png)
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etdi va shu tariqa oʻzining birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bu natijasi bilan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Osiyo ayollar futbol terma jamoasi boʻldi[3]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bu xalqaro chempionatlarda uchta umumiy medalga ega boʻlgan yagona Osiyo jamoasiga aylandi[4]. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014 va 2018-yillardagi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi, 2010 va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari hamda 2008, 2010 va 2019-yillardagi EAFF futbol chempionatlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.