Yuriy Nikolayevich Selix (1979-yil 18-aprel, Lugansk, Metallist) – ukrainalik futbolchi, hujumchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yuriy Nikolayevich Selix | ||
Tavallud sanasi | 1979-yil 18-aprel | ||
Tavallud joyi | Ukraina | ||
Boʻyi | 1.83 sm | ||
Ampluasi | hujumchi |
Sport karyerasi
Yuriy Selix dastlabki taʼlimini Lugansk maktab-internatida olgan. Oʻqishning soʻnggi yilida Selix toʻrt nafar bitiruvchi bilan Severodonetskning Alushta shahridagi „Ximik“ klubiga taklif qilingan[1], ammo futbolchi va klub oʻrtasida shartnoma imzolanmagan.
Selixning birinchi jamoasi „Zarya“ klubi boʻlgan. Futbolchi bu jamoadagi debyut oʻyinini 17 yoshida Jitomirning „Polesya“ klubiga qarshi safar oʻyinida zaxirada oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda Selixning jamoasi raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻladi, shunga qaramay, klub raqibga qarshi kechgan bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni qoʻldan boy beradi[2]. Oʻsha paytda „Zarya“ klubini murabbiy Anatoliy Kuksov boshqargan boʻlib, keyin uning oʻrnini murabbiy Aleksandr Shakun egallagan. Lugansk murabbiylari yangi yosh mahalliy futbolchilarga[2] ishonch bildirishadi va ularni oʻyinlarga jalb qilishadi, shuning uchun ham Yuriy Selix klub tarkibida juda koʻp oʻyinlarda ishtirok etadi va koʻplab muvaffaqiyatlarga erishadi. „Zarya“ klubida oʻzini yetarlichi koʻrsata olgan Selix 1999-yilda Kiyevning "Dinamo" jamoasiga taklif qilinadi.
Selix Kiyevga koʻchib oʻtganidan soʻng, „Dinamo-2“ jamoasi safida oʻyin olib boradi. 1999-yil 30-oktyabrda asosiy jamoa tarkibida „Dnepr“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning 17-daqiqasida maydonga tushiriladi (4:0). Keyinchalik, 2000-yildan 2005-yilgacha futbolchi Ukraina chempionatining birinchi, ikkinchi va uchinchi ligalarida turli jamoalar safida oʻyinga tushadi.
2005-yilda FK „Xarkov“ Selix bilan shartnoma imzolaydi. Bu jamoada Selix umumiy hisobda 30 ta oʻyin oʻtkazadi. Keyinchalik Yuriy Selix FK „Xarkov“dan soʻng „Zakarpatye“ jamoasiga oʻtkaziladi[3] .
2007-yilda Aleksandr Kosevich bilan yaxshi tanish boʻlgan sobiq jamoadoshi Yuriyning Luganskning „Zarya“ klubiga qaytishiga sababchi boʻladi[3]. „Zarya“ klubi tarkibida[4] Yuriy Ukraina oliy ligasidagi oʻyinlari sonini 117 taga yetkazadi.
Keyinchalik futbolchi „Vitebsk“ [5], „Aleksandriya“[6], Namanganning "Navbahor"[7], „Zakarpatye“[8], Andijonning "Andijon"[9], „Nikolayev“[10], „Bukovina“[11], Sverdlovskning „Miner“ jamoalari safida ham toʻp suradi[12].
2013-yil oktyabr oyida Donbass chempionatida „Zarya“ klubi favoritlardan biriga aylanadi[13]. Keyinchalik, Ukraina sharqida sodir boʻlgan mojarolar paytida Selix Ukraina tomonidan nazorat qilinmaydigan hududda qoladi va shu sababli futbolchi davlat tomonidan rasman tan olinmaydigan chempionatlarda oʻynashga majbur boʻladi.
2015-yilga kelib futbolchi LNR terma jamoasi (Lugansk Xalq Respublikasining milliy futbol jamoasi) da oʻyinlarini davom ettiradi[14].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.