Yupiter

From Wikipedia, the free encyclopedia

Yupiter

Yupiter yoki Mushtariy (arab.) — Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi va kattaligi jihatdan birinchi oʻrindagi sayyorasidir. Astronomik belgisi♃. Uning massasi Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarning umumiy massasidan ikki yarim baravar koʻpdir. Yupiter, Saturn, Uran hamda Neptun bilan birgalikda gazli gigantlar toifasiga kiradi. Bu sayyora odamlarga qadim zamondan maʼlum boʻlgan boʻlib, qadimgi Rim mifologiyasidagi xudo – Yupiter sharafiga shunday nomlangan.

Qisqa faktlar Kimning sharafiga nomlangan, Mehvar tasnifi ...
Yupiter
Thumb
Voyajer kosmik kemasi olgan surat (1979).
Kimning sharafiga nomlangan Yupiter
Mehvar tasnifi[1]
Davr J2000
Afeliy 816.62 Gm (5.4588 AU)
Perigeliy 740.52 Gm (4.9501 AU)
Katta yarim oʻqi 778.57 Gm (5.2044 AU)
Ekssentrisiteti 0.0489
Orbital davri
  • 11.862 yil
  • 4,332.59 d
  • 10,475.8 Yovian quyosh kuni[2]
Sinodik davri 398.88 d
Oʻrtacha orbital tezligi 13.07 km/s (8.12 mi/s)
Oʻrtacha anomaliya 20.020°[3]
Chekinish
Orbital tugun uzunligi 100.464°
Perigeliy vaqti 21-yanvar 2023-yil[5]
Perigeliy argumenti 273.867°[3]
Tabiiy yoʻldoshlari soni 80 (2021)[6]
Fizik tasnifi[1][7][8]
Oʻrtacha radiusi

69,911 km (43,441 mi)


10.973 (Yer)
Ekvatorining radiusi
  • 71,492 km (44,423 mi)
  • 11.209 (Yer)
Qutbiy radiusi
  • 66,854 km (41,541 mi)
  • 10.517 (Yer)
Siqiqligi 0.06487
Yuzasi
  • 6.1469×1010 km2 (2.3733×1010 kv mi)
  • 120.4 (Yer)
Hajmi
  • 1.4313×1015 km3 (3.434×1014 cu mi)
  • 1,321 (Yer)
Massasi
  • 1.8982×1027 kg (4.1848×1027 lb)
  • 317.8 (Yer)
  • 1/1047 Sun[9]
Zichlik 1,326 kg/m3 (2,235 lb/cu yd)
Erkin tushish tezlanishi (ekvatorda) 24.79 m/s2 (81.3 ft/s2)
2.528 g
Inersiya faktori momenti 0.2756±0.0006[10]
Ikkinchi kosmik tezlik 59.5 km/s (37.0 mi/s)
Aylanish davri 9.9258 h (9 soat 55 daqiqa 33 s)[2]
Siderik sutka 9.9250 soat (9 soat 55 daq 30 s)
Aylanish tezligi 12.6 km/s (7.8 mi/s; 45,000 km/h)
Ekliptikaga ogʻish burchagi 3.13°
Rektassenziya (Shimoliy qutb uchun) 268.057°; 17soat 52daq 14s
Deklinatsiya (Shimoliy qutb uchun) 64.495°
Albedo 0.503 (bond)[11]
0.538 (geometrik)[12]
Sirtidagi harorat min oʻrta max
1 bar 165 K
0.1 bar 78 K 128 K 1000 K
Koʻrinma yulduz kattaligi −2.94[13] dan −1.66 gacha[13]
Oʻq diametri 29.8" dan 50.1" gacha
Atmosfera[1]
Atmosfera bosimi 200–600 kPa[14]
Bir xil atmosferalar balandligi 27 km (17 mi)
Atmosfera tasnifi
  • 89%±2.0% vodorod (H2)
  • 10%±2.0% geliy (He)
  • 0.3%±0.1% metan (CH4)
  • 0.026%±0.004% ammiak (NH3)
  • 0.0028%±0.001% vodorod deyteridi (HD)
  • 0.0006%±0.0002% etan (C2H6)
  • 0.0004%±0.0004% suv (H2O)
    Yopish

    Yupiter asosan vodorod va geliydan tashkil topan. Sayyoraning markazida kuchli bosim ostidagi, ogʻir elementlardan tashkil topgan yadrosi bor. Sayyoraning atmosferasi bir nechta chiziqlarga boʻlingan, bu ularning chegaralarida kuchli boʻronlarni hosil qiladi. Buning sezilarli natijasi – Katta Qizil Dogʻ, ulkan boʻron. U odamlarga XVII asrdan buyon maʼlum. Atmosfera ichiga chuqurlashib borgan sari bosim va harorat oshadi. Yupiter kuchli magnitosferaga ega.

    Yupiterning hozirga qadar 80 ta yoʻldoshi aniqlangan.[6] Uning eng katta 4 ta yoʻldoshi Galileo Galiley tomonidan 1610-yil aniqlangan. Yupiterning yoʻldoshi Ganimedning diametri Merkuriynikidan katta. Yevropaning ichki qatlamida okean aniqlangan, Io boʻlsa Quyosh sistemasidagi eng kuchli vulqonlari bilan mashhur.

    Yupiter NASAning 8 ta sayyoralararo stansiyalari bilan kuzatilgan. Eng ahamiyatlilari „Pioner“ va „Voyajer“, keyinchalik sayyoraga zond tushirgan „Galileo“ boʻlgan. Yupiterga borgan oxirgi apparat „Yangi ufqlar“, hozir u Plutonga yoʻl olgan.

    Fizik tasnifi

    Yupiterning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 5,204 astronomik birlik (778,6 million km) ga teng. Orbitasining ekssentrisiteti 0,0484. Orbita tekisligi va ekliptika orasidagi burchak G18. Quyosh atrofida siderik aylanish davri 4332,59 sutka (11,862 yil), orbita boʻylab oʻrtacha tezligi 13,01 km/s. Yerdan Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turishi har 398,88 sutkada qaytariladi (sinodik davr), yaʼni bunday roʻpara turish vaziyati har gal avvalgisidan deyarli bir oy kech keladi. Bu vaqtda Yupiter koʻzga ancha ravshan (Venera va Marsdzm keyin) sayyora boʻlib koʻrinadi. Uning koʻrinma yulduz kattaligi – 1,2 dan 2,7 gacha oʻzgarib turadi. Yupiter teleskopda elliptik disk shaklida koʻrinadi. Koʻrinma diametri 32" dan 50" gacha oʻzgarib turadi. 17-asr boshida Yupiterni Galiley birinchi boʻlib oʻz teleskopida kuzatgan. Yupiterning haqiqiy ekvatorial diametri 143600 km boʻlib, Yer diametridan 11,26 marta katta. Uning qutbiy diametri boʻyicha bosiqligi 1/16 boʻlib, qutbiy diametri ekvatorial diametridan 1100 km ga qisqadir. Yupiterning sirti Yer sirtidan 122 marta, hajmi 1345 marta kattgg, yoʻddoshlarining harakatlariga asosan aniqdangan massasi Yernikidan 318,36 marta katta, yaʼni 191029g; lekin zichliga Yer zichligining 0,24 qismiga teng, yaʼni 1,33 g/sm³. Yupiter sathidagi ogʻirlik – tezlanishi Yerdagidan 2,51 marta katta, kritik tezlik, yaʼni ogʻirlik kuchi taʼsirini yengib chiqish tezligi 59,5 km/s. Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator boʻylab qora belbogʻlar qoʻrinadi. Bu belbogʻlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadi, bundan koʻrinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday oʻzgarib turadigan belbogʻlardan tashqari deyarli doimiy, oʻzgarmaydigan detallar ham quzatiladi. Masalan, 1878-yilda kashf etilgan qizil dogʻ elliptik shaklda boʻlib, uning oʻlchami 13000x40000 km. 1974-yilda AQShning „Pioner-11“ sayyoralararo avtomatik styasining 43000 km masofadan yuborgan maʼlumotlariga qaraganda qizil dogʻ hozir ham rivojlanib borayotgan ulkan atmosfera toʻfonidan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Bu dogʻ Yupiter atmosferadagi juda kuchli qoʻzgʻalish jarayoni boʻlib, gaz massasining aylanishi boʻlishi mumkin degan taxmin bor, ammo bu hodisaning sababi aniq emas. Qizil dogʻ baʼzi yillarda keskin qizil rangda, baʼzi yillarda oqish rangda boʻlib, yaxshi koʻrinmaydi, hatto butunlay koʻrinmay qolishi ham mumkin.

    Atmosfera

    Yupiterning zichligi boshqa gigant sayyoralardagiga nisbatan kam boʻlgani uchun u, asosan, vodorod va geliydan iborat boʻlishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter atmosferasi 60 % molekulyar vodorod, 36 % geliy, 3 % neon, 1 % ga yaqin ammiak va metandan tashkil topgan. Yupiter atmosferasidagi vodorod va geliyning oʻzaro nisbati Quyoshdagidek. Shuningdek, Yupiterning magnit qutblari Yer magnit qutblariga qarama-qarshi ekanligi va kuchli radiatsion belbogʻlar mavjud boʻlib, Yernikidan 10 marta kuchli, radiatsion belbogʻlarida elektronlar konsentratsiyasining 1000 marta ortiqligi tasdiqlandi. Harakatlanuvchi detallarini kuzatish natijasida Yupiterning oʻz oʻqi atrofida aylanishi aniqlangan. Yupiter ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi 3° G boʻlib, unda yil fasllari yoʻq va har xil kenglamalarda aylanish davri turlicha. Yupiter Yerga nisbatan Quyosh energiyasini 27 marta kamroq oladi, shuning uchun Quyosh nuri tushgan va eng koʻp isiydigan hududlari sirtidagi temperatura – 100—150°. Shuning uchun Yupiterdagi bulutlar past trada kondensatsiyalangan ammiak kristallaridan iborat deb hisoblanadi. Yupiterning 17 ta yoʻldoshi boʻlib, eng yirik 4 tasini 1610-yilda Galiley ochgan. Ular Io, Yevropa, Ganimed va Kallisto boʻlib, kichik durbinda koʻrinadi. Ularning orbitalari deyarli aylanadan iborat va Yupiterning ekvator tekisligida yotadi. Daniyalik astronom Ole Ryomer 1675-yilda Yupiter birinchi yoʻldoshining tutilishi (Yupiterning orqasiga oʻtishi)ni kuzatib, yorugʻlik tezligini oʻlchagan, 4 ta yoʻldoshning sirtidagi detallarni kuzatib, ularning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri Yupiter atrofida aylanish davriga tengligini va ular doim Yupiterga bir tomoni bilan turishini aniqlagan. Yupiterning yoʻldoshlarida atmosfera topilmagan. 19—20-asrlarda Yupiterning yana 13 ta juda kichik yoʻldoshlari topildi (17 yoʻldosh 1999-yil kashf etilgan). Bulardan 8 13 va 17 yoʻldoshlarning sayyora atrofida teskari tomonga harakatlanishi aniqlangan. Yupiterni tadqiq etishda AQShning Yupiter yaqinidan uchib oʻtgan „Pioner-10“ (1973), „Pioner-11“ (1974), „Voyajer-1“, „Voyajer-2“ (1979) sayyoralararo avtomatik st-yalari va sayyoraning birinchi sunʼiy yoʻldoshi „Galileo“ (1995—2001) kemasining hissasi juda katta boʻddi. Bu kema yordamida Yupiterning juda shaffof va yupqa tashqi halqasi borligi aniqlandi.

    Galereya

    Manbalar

    Havolalar

    Loading related searches...

    Wikiwand - on

    Seamless Wikipedia browsing. On steroids.