From Wikipedia, the free encyclopedia
Harorat (temperatura) (lotincha temperatura — kerakli aralashma, o'rtacha holat) — moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
Ushbu sahifani Temperatura bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Harorat — bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning harakati kinetik energiyasining oʻrta statistik intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Xarorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabul qilingan. Shuningdek Kelvin gradusini mutloq nol xarorat xam deb yuritiladi. Chunki 0 K da xar qanday moddada molekulyar harakat toʻxtaydi. Texnikada esa kelvin shkalasidan tashqari Tselsiy shkalasi xam keng qoʻllanadi. Tselsiy shkalasi suvning qaynash va muzlash xaroratlariga asoslangan va kelvin bilan quyidagi bogʻliqlikka ega: 1K =273,15 S. Farengeyt shkalasiga koʻra esa 0S = 32F va 100S = 212F. Farengeyt shkalasi nochiziqli shkala boʻlib, tS = 5/9 (tF-32) va aksincha tF=9/5 (tS +32) tarzida nisbatda boʻladi. Reomyur shkalasiga koʻra esa suvning muzlash xarorati 0R va qaynash xarorati 80R etib belgilangan. 1R=1.25 S
Harorat umumiy qilib aytganda, predmet va atrof muhitning shunaqa xususiyatiki, qaysiki inson sezgi organlariga sovuq, issiq va xok. sifatida ta'sir etadi. Harorat, modda zarralarining kinetik energiyasi bilan o'zaro bog'liqdir.
Harorat SI da kelvinlarda (K) o'lchanadi. Yordamchi o'lchov birligi sifatida esa Tselsiy darajasidan (°C) keng foydalaniladi.
Haroratni o'lchashda termometr, termal tomoshabin, termopara, optik pirometr va xok. ishlatiladi.[1]
Qadimda «harorat», tanasi issiqroq odamlarda boshqa odamlarga nisbatan, ko'proq o'ziga xos xususiyatga — teplorodga ega deb tushunilgan. Shuning uchun harorat deganda kuchli tananing o'ziga xos xususiyati va teplorod tushunilgan. Shundan kelib chiqib spirtli ichimliklarning quvvati va harorat, bir xil — graduslarda o'lchanadi.
shkalalar | Kelvin | Tselsiy | Farengeyt |
---|---|---|---|
Kelvin (K) | = K | = С + 273,15 | = (F + 459,67) / 1,8 |
Tselsiy (° C) | = K − 273,15 | = C | = (F − 32) / 1,8 |
Farengeyt (°F) | = K · 1,8 − 459,67 | = C · 1,8 + 32 | = F |
Tavsif | Kelvin | Tselsiy | Farengeyt | Rankin | Delil | Nyuton | Reomyur | Ryomer |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Absolut nol | 0 | −273.15 | −459.67 | 0 | 559.725 | −90.14 | −218.52 | −135.90 |
Farengeyt qorishmasining erish harorati (tuz va muz teng miqdorda) | 255.37 | −17.78 | 0 | 459.67 | 176.67 | −5.87 | −14.22 | −1.83 |
Suvning muzlash harorati (qulay sharoitda) | 273.15 | 0 | 32 | 491.67 | 150 | 0 | 0 | 7.5 |
Inson tanasining o'rtacha harorati ¹ | 310.0 | 36.6 | 98.2 | 557.9 | 94.5 | 12.21 | 29.6 | 26.925 |
Suvning qaynash harorati (qulay sharoit) | 373.15 | 100 | 212 | 671.67 | 0 | 33 | 80 | 60 |
ErishTitan | 1941 | 1668 | 3034 | 3494 | −2352 | 550 | 1334 | 883 |
Quyosh sirti | 5800 | 5526 | 9980 | 10440 | −8140 | 1823 | 4421 | 2909 |
¹ Inson tanasining o'rtacha harorati — 36.6 ° C ±0.7 ° C, yoki 98.2 °F ±1.3 °F. Jadvaldagi ba'zi qiymatlar yaxlitlanilgan!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.