Usmonli imperiyasi sultonlari

From Wikipedia, the free encyclopedia

Usmonli imperiyasi sultonlari


Usmonli imperiyasining sultonlari ulkan davlatga asos solishgan. Bu davlat mulklari dunyoning uch qitʼasida joylashgan edi. Usmonli imperiyasi choʻqqisiga chiqqanda shimolda Vengriya, janubda Somali, gʻarbda Jazoir va sharqda Iroqgacha choʻzilgan hududlarni qoʻl ostida birlashtirgan. Imperiya poytaxti dastlab Bursani poytaxt qilgan boʻlsa, 1366-yilda Edirnega koʻchirildi. Nihoyat, Vizantiya imperiyasidan magʻlubiyatga uchratilib, Konstantinopol olingandan keyin nomi oʻzgartirilib Istanbul poytaxtga aylandi. Zamonaviy olimlarning koʻpchiligi imperiya taxminan 1299-yilda paydo boʻlgan va uning asoschisi Oʻgʻuz turklarining Kayi urugʻidan boʻlgan Usmon Gʻozi ekanligini taʼkidlaydilar. Usmonlilar sulolasi 6 asr davomida 36 ta sulton taxtga o'tirgan. Birinchi jahon urushida Uchlar ittifoqi davlatlarning magʻlubiyati natijasida Usmonli imperiyasi tarix sahnasidan gʻoyib boʻldi. Imperiyaning Antanta davlatlari tomonidan boʻlinishi va undan keyingi mustaqillik urushi Turkiya Respublikasining tugʻilishiga olib keldi.

Thumb
Oila shajarasi
Thumb
Usmonli imperiyasi ramzi
Thumb
1683-yilda Usmonli imperiyasi hududlarining o'zgarishi

Usmonli davlati

Usmonlilar imperiyasi qo'l ostidagi hududlarni mutlaq humronlik bilan boshqargan. Usmonlilar sulton siyosiy, harbiy, huquqiy, ijtimoiy pog'onalarning eng yuqorisida edi. Nazariy jihatdan, u faqat Allohga bo'ysungan. O'zi esa „Allohning yerdagi soyasi“ va „Yer yuzidagi xalifasi“ (xalif-i ru-yi Zemin) deb ulug'langan. Butun hukumat idorasi sultonning qo'l ostida edi va u qabul qilgan har bir qaror farmon deb e'lon qilingan.Sulton qo'shinnning bosh qo'mondoni edi. 1453-yilda Konstantinopol zabt etilgandan so'ng ular o'zlarini Rim imperiyasining merosxo'rlari deb hisoblaganlar[1], shuning uchun ular vaqti-vaqti bilan Kayzer va imperator unvonlaridan foydalanishgan. 1517-yilda Misr fath qilinganidan keyin Salim I ham xalifa unvonini oldi[2]. Nazariy jihatdan hukmronlik teokratik va mutlaq boʻlsa-da, amalda sultonning vakolatlari cheklangan edi. U siyosiy qarorlar qabul qilishda sulolaning muhim vakillarining qarashlari va munosabatlarini hisobga olgan. Shuningdek, diniy maslahatchilar bilan ham fikr almashgan. Ularni xohish-irodasini hisobga olgan. XVII asrdan boshlab imperiya uzoq davom etgan turgʻunlik davriga kirdi, bu davrda sultonlar juda zaiflashdi. Ko'pchilik kuchli yanicharlar korpusi tomonidan taxtdan ag'darildi. Taxtga o'tirish man etilganiga qaramay, haramdagi ayollar, xususan, sultonning onasi (Valide Sulton nomi bilan ham tanilgan) uning hukmronligi davrida muhim siyosiy rol o'ynagan[3]. Sulaymon I Usmonlilar tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan sulton boʻlib, 46 yillik hukmronlik bilan imperiyani XVI asrda choʻqqiga olib chiqdi. Murod V XIX asrning tanazzul davrini boshqargan tarixdagi eng qisqa hukmronlik qilgan sulton edi. Uning hukmronligi atigi 93 kun davom etdi. Imperiyaning soʻnggi mutlaq va birinchi konstitutsiyaviy monarxi Abdulhamid II edi.

Sultonlar ro'yxati

Quyidagi jadvalda Usmonli sultonlari va oxirgi Usmonli xalifasi sana boʻyicha tartiblangan. Shuningdek, Usmonli sultonlari tomonidan qo'llaniladigan xattotlik muhrlari yoki imzolari barcha rasmiy hujjatlarda, tangalarda va eng muhimi, sulton suratlarida foydalanilgan. „Eslatmalar“ ruknida sultonlarning ota-onalari, taqdirlari keltirilgan. Ilk monarxlar uchun odatda hukmronligining tugashi va vorisi taxtga o'tirishi o'rtasida ma'lum bir vaqt boʻlgan. Sababi, tarixchi Kuataertning fikricha, bu davrda Usmonlilar imperiyasida hukmronlik taxtga eng keksa emas, eng kuchlisi oʻtirardi: sulton vafot etgach, uning barcha oʻgʻillari gʻolib chiqqunga qadar jang qilishlari kerak edi. Shu sababli, ichki nizo yuzaga kelgan va birodar qondoshlarning o'limiga sabab boʻlgan. Shuning uchun sultonning vafot etgan sanasi har doim ham taxt vorisi bilan bir xil emas. 1617-yilda eng kuchli shahzoda taxtga chiqish oʻrniga bu eng katta o'g'il bilan almashtirildi. Bu tizim bilan oilaning eng kattasi taxtga o'tirgan. XVII asrda katta shahzoda sifatida vafot etgan sultonning o'rniga o'z o'g'li, amakisi yoki ukasi o'tirgan. Kattasi taxtni egallagan tizim (ekberiyet) XIX asrdagi muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay, saltanatning oxirigacha davom etdi.



Batafsil maʼlumot Raqam, Sulton ...
Raqam Sulton Tasvir Hukmronlikning boshi Hukmronlikning oxiri taxtda oʻtirgan vaqti Muhri Eslatma Tangasi
Usmonli imperiyasining yuksalishi
(1299 — 1453)
1 Usmon I Thumb 1299 1326[4] 27 yil [c]
  • Ertugʻrul Gʻoziy[5] Halima Xotunning oʻgʻli[6]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
2 O’rxon Thumb 1326[4] 1362-yil mart 36 yil Thumb
  • Usmon I vaMalhun Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
3 Murod I[b] Thumb 1362-yil mart Kosovo janggi 27 yil Thumb
  • Oʻrxon vaNilüfer Xotunning o’g’li[6].
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
  • 1389-yil 15-iyunda Kosovo janggida oʻldirilgan.
Thumb
4 Boyazid I Thumb 1389-yil 15-iyun 1402-yil 20-iyul]] 13 yil Thumb
  • Murod I vaGulchechak Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Anadoluda turklarni birlashtirdi.
*Anqara jangida asirga olingan (hukmronligi tugadi).
  • 1403-yilning 8-martida Aqshehirda asir boʻlganida vafot etdi.
Iso Chelebiy Thumb 1403-yil yanvar 1403-yil may 120 kun
  • Anatoliyaning sultoni
  • 1402-yil 20-iyulda Anqara jangidan soʻng Iso Chalabiy Muso Chalabiyni magʻlub etib, imperiyaning Anadolu hududining gʻarbiy qismini taxminan ikki yil davomida nazorat qila boshladi.
  • 1403-yil mart yoki may oylarida Ulubod jangida Mehmed Chalabiy tomonidan magʻlubiyatga uchradi.
  • 1403-yil sentabrda boʻgʻib oʻldirilgan.
Sulaymon Chelebiy Thumb 1402-yil 20-iyul 1411-yil 17-fevral[7] 8 yil, 212 kun Thumb
  • Anqara jangida Usmonlilar magʻlubiyatga uchraganidan koʻp oʻtmay, u imperiyaning Yevropa qismi uchun Rumeli sultoni unvonini oldi.
  • 1411-yil 17-fevralda oʻldirilgan.[7]
Muso Chelebiy Thumb 1411-yil 18-fevral 1413-yil 5-iyul[8] 2 yil
  • 1411-yil 18-fevralda Sulaymon Chalabiy vafotidan soʻng u imperiyaning Yevropa qismi uchun Rumeli sultoni unvonini oldi.
  • 1413-yil 5-iyulda Samokov yaqinidagi Chamurlu Derbent jangida Mehmet Chalabiy qoʻshinlari tomonidan oʻldirilgan.[[8]
Mehmed Chelebiy Thumb 1403-1406


1406-1413
1413-yil 5-iyul 10 yil 185 kun
  • U 1402-yil 20-iyulda Anqara jangida magʻlubiyatga uchragach, Anadolu yerlarining sharqiy qismini nazorat ostiga oldi.
  • 1405-yilda Ulubat jangida Iso Chalabiyni yengadi.
  • 1406-yilda Iso vafotidan keyin Anadoluda Usmonlilar imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi.
  • 1413-yil 5-iyulda Muso vafot etgach, Usmonli sultoni Mehmed I unvonini oldi.
Thumb
Sultonlik tiklandi
5 Mehmed I Thumb 1413-yil 5-iyul 1421-yil 26 May 7 yil, 325 kun Thumb
  • Boyazid I va Devlet Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Mustafo Chelebiy 1419-yil 1422-yil may 3 yil 120 kun Thumb
6 Murod II Thumb 1421-yil 25-Iyun 1444-yil Avgust 23 yil 37 kun Thumb
  • Mehmed I va Emine Xotunning oʻgʻli[6]
  • Oʻz xohishi bilan oʻgʻli Mehmed II foydasiga taxtdan voz kechdi.
ThumbThumb
7 Mehmed II Thumb 1444-yil avgust 1446-yil sentabr 2 yil, 31 kun Thumb
  • birinchi marta taxtga oʻtirishi
  • Murod II va Huma Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Keyinroq qoʻzgʻolon natijasida otasiga taxtni topshirishga majbur boʻladi.
Thumb
(6) Murod II Thumb 1446-yil sentabr 1451-yil 3-fevral 4 yil, 155 kun Thumb
  • 2-marta taxtga chiqishi
  • yanicharlar qoʻzgʻoloni natijasida taxtga oʻtirishga majbur boʻladi[9]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Usmonli imperiyasining yuksalishi
(1453-1550)
(7) Mehmed II Thumb 1451-yil 3-fevral 1481-yil 3-May 30 yil, 89 kun Thumb
  • 2-marta taxtga chiqishi
  • 1453-yilda Konstantinipolni fath etgan
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
8 Boyazid II Thumb 1481-yil 19-May 1512-yil 25-April 30 yil, 342 kun Thumb
  • Mehmed II va Gulbahar Xotunning oʻgʻli.[6]
  • 1512-yil 26-mayda Dimetoka yaqinida vafot etdi.
Thumb
Jem Sulton Thumb 1481-yil 28-may 1481-yil 20-iyun 23 kun Thumb
  • Mehmed II ning oʻgʻli
  • Jem bin Mehmed Xon unvonini oldi.
  • Surgunda vafot etgan
Thumb
9 Selim I Thumb 1512-yil 25 Aprel 1520-yil 21-Sentabr 8 yil 149 kun Thumb
  • 1516-1517-yillarda mamluklarni bosib oldi.
  • Birinchi Usmonli xalifasi.
  • Boyazid II va Gulbahar Xotunning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
10 Suleyman I Thumb 1520-yil 30-sentabr 1566-yil 6-sentabr 45 yil, 341 kun Thumb
  • Selim I va Hafsa Sultonning oʻgʻli.
  • 1566-yilda Sigetvar qamalida chodirida vafot etdi.[10]
Thumb
Usmonli imperiyasining o'zgarishi
(1550-1700)
11 Selim II Thumb 1566-yil 29-sentabr 1574-yil 21-dekabr 8 yil, 83 kun Thumb
  • Suleyman I va Hurram Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
12 Murod III Thumb 1574-yil 22-dekabr 1595-yil 16-Yanvar 20 yil, 25 kun Thumb
  • Selim II va Nurbonu Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
13 Mehmed III Thumb 1595-yil 16-yanvar 1603-yil 22-dekabr 8 yil, 340 kun Thumb
  • Murad III va Safiye Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
14 Ahmed I Thumb 1603-yil 22-dekabr 1617-yil 22-noyabr 13 yil, 335 kun Thumb
  • Mehmed III va Handan Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
15 Mustafo I Thumb 1617-yil 22-noyabr 1618-yil 26-fevral 96 kun Thumb
  • Mehmed III va Halime Sultonning oʻgʻli.
  • Ruhiy xastaligi tufayli jiyani Usmon II foydasiga taxtdan voz kechgan.
16 Usmon II Thumb 1618-yil 26-fevral 1622-yil 19-may 4 yil, 82 kun Thumb
  • Ahmed I va Mahfiruz Xotunning oʻgʻli
  • 1622-yil 19-mayda yanicharlar qoʻzgʻolonida taxtdan tushirilgan.
  • 1622-yil 20-mayda vazir Kara Dovud posho tomonidan oʻldirilgan.
Thumb
(15) Mustafo I Thumb 1622-yil 20-may 1623-yil 10-sentabr 96 kun Thumb
  • 2-marta taxtga chiqishi.
  • Jiyani Usmon II oʻldirilganidan keyin taxtga qaytdi.
  • Ruhiy salomatligi yomonligi sababli taxtdan tushirilgan va 1639-yil 20-yanvarda Istanbulda vafotigacha qamoqda boʻlgan..
17 Murod IV Thumb 1623-yil 10-sentabr 1640-yil 8-fevral 16 yil, 151 kun Thumb
  • Ahmed I va Koʻsem Sultonning oʻgʻli.
  • 1632-yilgacha Koʻsem Sulton regent sifatida taxtni boshqargan.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
18 Ibrohim Thumb 1640-yil 9-fevral 1648-yil 8-avgust 8 yil, 181 kun Thumb
  • Ahmed I va Koʻsem Sultonning oʻgʻli.
  • 1648-yil 8-avgustda Shayx ul-islom boshchiligidagi toʻntarish natijasida hokimiyatdan agʻdarilgan.
  • 1648-yil 18-avgustda Buyuk vazir Mavleviy Mehmed Poshoning (Sofu Mehmed Posho) buyrugʻi bilan Istanbulda boʻgʻib oʻldirilgan.
19 Mehmed IV Thumb 1648-yil 8-avgust 1687-yil 8-noyabr 39 yil, 92 kun Thumb
  • Ibrahim va Turhan Hatiche Sultonning oʻgʻli.
  • 1651-yilgacha koʻsem Sulton regent sifatida mamlakatni boshqargan.
  • 1651-yildan 1656-yilgacha onasi Turxon Sulton uning regent boʻlgan.
  • 1687-yil 8-noyabrda Usmonlilar Ikkinchi Mohach jangida magʻlubiyatga uchraganidan keyin agʻdarildi.
  • 1693-yil 6-yanvarda Edirnada vafot etgan.
20 'Suleyman II Thumb 1687-yil 8-noyabr 1691-yil 22-iyun 3yil 226 kun Thumb
  • Ibrahim va Ashub Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
21 Ahmed II Thumb 1691-yil 22-iyun 1695-yil 6-fevral 3 yil, 229 kun Thumb
  • Ibrahim va Muazzez Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
22 Mustafo II Thumb 1695-yil 6-fevral 1703-yil 22-august 8 yil, 197 kun Thumb
  • Mehmed IV va Gulnush Sultonning oʻgʻli.
  • 1703-yil 22-avgustda Edirne voqeasi deb atalgan yanicharlar qoʻzgʻoloni tufayli taxtdan tushirildi.
  • 1704-yil 8-yanvarda Istanbulda vafot etdi.
Usmonli imperiyasida turg'unlik davri
(1700-1827)
23 Ahmed III Thumb 1703-yil 22-avgust 1730-yil 1-oktabr 27 yil, 40 kun Thumb
  • Mehmed IV va Gulnush Sultonning oʻgʻli.
  • Patrona Halil boshchiligidagi yanicharlar qoʻzgʻoloni tufayli taxtdan tushirildi.
  • 1736-yil 1-iyulda Istanbulda vafot etdi.
Thumb
24 Mahmud I Thumb 1730-yil 2-oktabr 1754-yil 13-dekabr 24 yil, 72 kun Thumb
  • Mustafa II va[[Saliha Sultonning oʻgʻli
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
25 Usmon III Thumb 1754-yil 13-dekabr 1757-yil 30-oktabr 2 yil 321 kun Thumb
  • Mustafa II va Shehsuvar Sultanning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
26 Mustafo III Thumb 1757-yil 30-oktabr 1774-yil 21-yanvar 16 yil, 83 kun Thumb
  • Ahmed III va Mehrishoh xotunning oʻgʻli
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
ThumbThumb
27 Abdulhamid I Thumb 1774-yil 21-yanvar 1789-yil 7-aprel 15 yil, 76 kun Thumb
  • Ahmed III va Shermi xotunning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Thumb
28 Selim III Thumb 1789-yil 7-april 1807-yil 29-may 18 yil, 52 kun Thumb
  • Mustafo III va Mehrishoh Sultonning oʻgʻli.
  • Kabakchi Mustafo boshchiligidagi yangicha islohotga qarshi qoʻzgʻolon natijasida agʻdarilgan.
  • Usmonli sultoni Mustafo IV buyrugʻi bilan 1808-yil 28-iyulda Istanbulda oʻldirilgan.
Thumb
29 Mustafo IV Thumb 1807-yil 29-may 1808-yil 28-iyul 1 yil, 60 kun Thumb
  • Abdulhamid I va Sineperver Sultonning oʻgʻli
  • Alemdar Mustafo posho boshchiligidagi qoʻzgʻolonda agʻdarildi.
  • Usmonlilar sultoni Mahmud II buyrugʻi bilan 1808-yil 17-noyabrda Istanbulda qatl etilgan.
Usmonli imperiyasi modernizatsiya davrida
(1827-1908)
30 Mahmud II Thumb 1808-yil 28-iyul 1839-yil 1-iyul 30 yil, 338 kun Thumb
  • Abdulhamid I va Nakshidil Sultonning oʻgʻli.
  • 1826-yilda sodir boʻlgan xayrli voqea tufayli yangichalar tarqatib yuborilgan.
*Vafotiga qadar taxtda o’tirgan.
ThumbThumb
31 Abdulmejid I Thumb 1839-yil 1-iyul 1861-yil 25-iyun 21 yil, 359 kun Thumb
  • Mahmud II va Bezmialem Sultonning oʻgʻli.
  • 1839-yil 3-noyabrda islohotchi Buyuk vazir Mustafo Rashid Poshoning buyrugʻi bilan Tanzimat islohotlar va qayta qurish davrini boshlagan Gulhane (Tanzimat Fermani)ning Hatt-i Sharifni (sulton farmoni) eʼlon qildi.
  • 1856-yil 18-fevralda Islohat Hatt-i Humoyun (Islohat Fermani) qabul qilingan.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
ThumbThumb
32 Abdulaziz Thumb 1861-yil 25-iyun 1876-yil 30-may 14 yil, 340 kun Thumb
  • Mahmud II va Pertevniyal Sultonning oʻgʻli.
  • Vazirlari tomonidan taxtdan tushirilgan.
  • Besh kundan keyin oʻlik (oʻz joniga qasd qilish yoki qotillik) topildi.
ThumbThumb
33 Murod V Thumb 1876-yil 30-may 1876-yil 31-avgust 93 kun Thumb
  • Abdulmejid I va Shevkefza Kadınning oʻgʻli.
  • Ruhiy sogʻligʻi yomonlashgani uchun taxtdan tushirilgan.
  • 1904-yil 29-avgustda vafot etgan. Chiragan saroyida yashashga buyurilgan.
34 Abdulhamid II Thumb 1876-yil 31-avgust 1909-yil 27-aprel 32 yil, 239 kun Thumb
  • Abdulmejid I va Tirimujgon xotunning oʻgʻli (keyinchalik Perestu xotunning asrab olgan oʻgʻli boʻldi).
  • 1876-yil 23-noyabrda Birinchi Konstitutsiyaviy boshqaruvga noilojlik bilan ruxsat berdi va keyin uni toʻxtatib, 1878-yil 13-fevralda shaxsiy boshqaruvga qaytdi.
  • 1908-yil 3-iyulda Ikkinchi Konstitutsiyaviy boshqaruvni tiklashga majbur boʻldi.
  • 31 mart voqeasidan keyin (1909-yil 13-aprelda) taxtdan tushirildi.
  • Beylerbeyi saroyida 1918-yil 10-fevralda vafot etgan.
Thumb
35 Mehmed V Thumb 1909-yil 27-aprel 1918-yil 3-iyul 9 yil, 67 kun Thumb
  • Abdulmejid I va Guljamal xotunning oʻgʻli.
  • Mehmed Talat, Ismoil Enver va Ahmad Jamol Poshsholarning boshqaruvi ostida hukmronlik qildi.
Thumb
36 Mehmed VI Thumb 1918-yil 4-iyul 1922-yil 1-noyabr 4 yil, 120 kun Thumb
  • Abdulmejid I va Gulusti Xonimning oʻgʻli.
  • Sultonlik tugatildi.
  • 1922-yil 17-noyabrda Istanbulni tark etdi.
  • 1926-yil 16-mayda Italiyaning Sanremo shahrida surgunda vafot etgan..
Thumb
Usmonli davlati Respublika davrida
(1 Noyabr 1922 — 3 March 1924)
Abdulmejid II Thumb 1922-yil 18-noyabr 1924-yil 3-mart 1 yil, 106 kun
[c]
  • Abdulaziz va Hayranidil ayolning oʻgʻli.
  • Xalifalik bekor qilingandan keyin surgun qilingan.
  • 1944-yil 23-avgustda Fransiyaning Parij shahrida vafot etgan[11].
Yopish

Manbalar

Adabiyotlar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.