Usmonli imperiyasining yigirma ikkinchi sultoni (1695-1703) From Wikipedia, the free encyclopedia
Mustafo II (Turk.: مصطفى ثانى Muṣṭafā-yi sānī) (6 Fevral 1664 – 29/30 Dekabr 1703) – Usmonlilar imperiyasining 1695-1703-yillardagi hukmdori[2].
Mustafo II مصطفى ثانى | |
Tughra of Mustafa II.JPG | |
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi | |
Hukmronligining boshlanishi: | 6-fevral 1695 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 22-avgust 1703 |
Oʻtmishdosh: | Ahmad II |
Voris: | Ahmad III[1] |
Tugʻilgan sanasi: | 6-fevral 1664-yil |
Tugʻilgan joyi: | Edirne, Usmonlilar imperiyasi |
Vafot sanasi: | 30-dekabr 1703-yil (39 yoshda) |
Vafot joyi: | Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
Sulton Mehmed IV va Emetullah Rabia Gulnush Sultonning oʻgʻli. Taxtga oʻtirgunga qadar u Topkapi qafasida saqlanmagan, balki Edirnada yashagan va erkinlikda boʻlgan.
Hukmronligining dastlabki yillarida Turklar uchun Muqaddas Liga bilan urushning muvaffaqiyatsiz yoʻnalishini oʻzgartirishga harakat qildi. 1696-yilda u Bolqondagi armiyaga shaxsan rahbarlik qildi va avstriyaliklarga nisbatan katta ustunligi tufayli muvaffaqiyatlarga erishdi. 1697-yilda, Bosh vazir Elmas Mehmed Paşa[tr] qoʻmondonligi ostidagi turk qoʻshini Zentada imperator Yevgeniy qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchratildi. 1696-yilda rus qoʻshinlari Azovni egallab olishdi.
1699-yilda Karlovits shartnomasi imzolandi, unga koʻra Morea va Dalmatiya Venetsiyaga oʻtdi, Avstriya Vengriya va Transilvaniyani, Polsha Podoliyani qabul qildi. 1700-yildagi Konstantinopol shartnomasiga koʻra, Azov Rossiyaga berildi.
Urush tugagandan soʻng Mustafo asosan Edirnada yashab, u yerda ov qildi. 1703-yil avgustda Konstantinopolda unga qarshi qoʻzgʻolon boshlandi va yanicharlarning bir qismi qoʻzgʻolonchilarga qoʻshildi. Qoʻzgʻolonchilar Edirnega qarshi yurish uyushtirdilar. Hukumat qoʻshinlari ular tomoniga oʻtdi, shundan soʻng Mustafo ukasi Ahmad III foydasiga taxtdan voz kechdi. 4 oydan keyin sobiq Sulton vafot etdi[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.