From Wikipedia, the free encyclopedia
Tandir non Markaziy Osiyoda tandir yordamida pishiriladigan non turi[1][2]. U dumaloq shaklda, xamirturush orqali koʻpirtirilgan va odatda tiniq oltin rang sirtga ega boʻladi. Bu turdagi nonlar koʻpincha xamirga chekich bilan bezak berilgan, kunjut urugʻlari yoki ingichka toʻgʻralgan piyoz kabi masalligʻlar bilan toʻldirilishi mumkin[3].
Turi | Tandir noni |
---|---|
Milliy oshxona | |
Ushbu turdagi non pishiriladigan tandir, odatda, ochiq osmon ostida joylashgan boʻladi. Hind tandirlaridan farqli oʻlaroq, garchi non har doim tandirga tandirning ichki devorlariga vertikal tarzda yopilsada, Oʻrta Osiyoda tandirni vertikal yoki gorizontal holatda ham ishlatish mumkin[1]. Non pishirish bilan shugʻullanadiganlar novvoy deb ataladi[4].
Non koʻp hollarda markazida naqshli nuqtalardan tashkil topgan doira shakli bezatiladi. Bu dizayn Oʻzbekistonda chekich yoki Turkmanistonda yoki Shinjondagi uygʻurlar tomonidan durtlik nomi bilan mashhur boʻlgan tamgʻa orqali hosil qilinadi[1][4]. Ushbu bezak har bir nonga oʻziga xos dizayn berishdan tashqari, chekich tomonidan yaratilgan teshiklar nonning tekislangan ichki qismidan bugʻ koʻtarilishiga imkon beradi. Tantanali marosimlar uchun tayyorlangan nonlarni yanada murakkab dizayn bilan bezash mumkin. Bu turdagi marosimlar uchun tayyorlangan nonlarga, odatda, pushti va sariq rang beriladi[3][4].
Oʻzbek madaniyatida non katta madaniy ahamiyatga ega boʻlib, madaniy hayotning koʻp jabhalarida qoʻllanadi. Uzoq umr ramzi sifatida yangi tugʻilgan chaqaloqlar boshlari ostiga non qoʻyishadi, yurishni oʻrganayotgan bolalar esa hayot boʻylab muborak sayohat qilishini niyat qilib, oyoqlari orasiga non qoʻyishadi. Shuningdek non — bu toʻyning muhim taomidir va toʻy kuni kelin va kuyov har biri nondan tishlaydi va ertasi kuni ertalab er va xotin sifatida birinchi nonushtasida ushbu nonni yeb tugatishadi. Xuddi shunday anʼana oʻgʻil harbiy xizmatga yoki chet elga ishlashga yoki oʻqishga ketganda ham amalga oshiriladi: oʻgʻil ikkita nonni tishlaydi va ular farzand qaytib kelguncha shiftga osib quritiladi[3][4].
Non muhim obyekt sifatida qaraladi va uni yerga qoʻyish yoki pichoq bilan kesish mumkin emas (deyarli har doim qoʻl bilan sindiriladi). Agar non yerga tushurib yuborilsa, uni devorga yoki qushlar uchun daraxtga qoʻyish kerak va „aysh Alloh“ (Xudoning noni) iborasi ovoz chiqarib aytiladi[3].
Obi non yoki lepyoshka (лепёшка, "flatbread") - afgʻon, tojik va oʻzbek oshxonalarida tanavvul qilinadigan non turi. U disk shaklida va oddiy nonlardan qalinroq boʻladi. Obi non ham tandirda pishiriladi[5][6].
Tohax (тоқаш/toqash, токоч, توغاچ, Тоғач, Samarqand noni/Самарқанд нони), toqach, toghach nomlari bilan ham tanilgan, Uygʻur oshxonalarida, shuningdek, Markaziy Osiyo (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston)da isteʼmol qilinadigan[7], tandirda pishiriladigan non turlaridan biri[8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.