From Wikipedia, the free encyclopedia
Suryoniy tili (ܠܫܢܐ ܣܘܪܝܝܐ) — somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining sharqiy guruhidagi ulik tillardan biri; Yuqori Mesopotamiyadagi qad. Edessa hududidan Erongacha tarqalgan. Mil. 3-asr dan Old Osiyodagi oromiy tilida soʻzlashuvchi xristianlarning adabiy tili boʻlgan. 8-asrdan boshlab Suryoniy tili astasekin arab tili tomonidan siqib chiqarilgan. Hozirgi vaqtda Eron, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda yashovchi nasturiylar va yaʼqubiylarning ibodat tili hisoblanadi. Yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan suryoniy alifbosining 3 koʻrinishi [estrangelo, serto va nasturiy]ga asoslangan. Unda mil. 1-asr ga mansub oʻyma yozuv matnlari, 3—14-asrlarga mansub boy xristian diniy adabiyoti mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.