Stonava
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Stonava (polyakcha Stonawa, nemischa: Steinau ) — Chexiya Respublikasining Moraviya-Sileziya viloyati Karvina tumanida joylashgan munisipalitet. Unda (01.01.2023) holatiga koʻra 1800 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Stonava | |
---|---|
Munitsipalitet | |
49°49′1″N 18°31′30″E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | Moraviya-Sileziya |
Tuman | Karviná |
Asos solingan | 1388 |
Maydon | 13.87 km2 (5.36 kv mi) |
Markazi balandligi | 259 m |
Aholisi (2023-01-01) |
1 772 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 735 34 |
|
Bu nom Stonavka daryosining eski topografik nomidan kelib chiqqan boʻlib, Stonavka soʻzining maʼnosi shovqinli daryo degan maʼnoni anglatadi. Munitsipalitetni 18-asrda Germanlar Steinau deb atashgan[1].
Stonava — Karvinadan taxminan 4 kilometr (2 mi) janubda va Ostravadan esa 14 kilometr (9 mi) sharqida, Ostrava shahar past tekisligidagi, Cieszyn Sileziyaning tarixiy hududida joylashgan. Munitsipalitet hududidan Stonavka daryosi oqib oʻtadi.
Stonava (Stoen) nomi 1388-yildagi manbalarning birida uchraydi. Manbalarda lord Xanke fon Stoen munitsipalitet va 1580-yilda qurilgan Stonavadagi qal’a egasi sifatida tilga olingan. Qal’a va munitsipalitetning eng koʻzga koʻringan egalari Larishlar oilasi boʻlib, dastlab 1590-yilda egalik qilishgan, soʻngra 1743-yildan 1945-yilgacha boʻlgan davrlarda ham munitsipalitetni boshqargan[2].
Siyosiy jihatdan munitsipal 1290-yilda Polshaning feodal boʻlinishi natijasida tashkil topgan. Munitsipalitet Teschen knyazligiga tegishli boʻlib, Sileziya Piast sulolasiningmahalliy boʻlimi tomonidan boshqarilgan. 1327-yilda gersoglik Bohemiya qirolligining tarkibiga kirgan, lekin 1526-yildan keyin u Gabsburg monarxiyasining bir qismiga aylanadi.
Munitsipalitetda yashovchi aholi uchun katolik cherkovi quriladi va 1447-yildan boshlab Peter Pens (toʻgʻridan-toʻgʻri katolik cherkovlarga qilingan xayr-ehsonlar yoki toʻlovlar) roʻyhatida Teschen davlatidagi 50 ta cherkovlar orasida munitsipalitet Stinavia nomi bilan qayd etilgan[3]. 1540-yillardan keyin Teschen gersogligida protestant islohoti hukmronlik qildi va mahalliy katolik cherkovi lyuteranlar tomonidan bosib olindi. Cherkov maxsus komissiya tomonidan qaytarib olinadi va 1654-yilda Rim-katolik cherkoviga oʻtqazilgan[4].
1870-yilda munitsipalitetda sanoat korxonalar rivojlanishi natijasida tosh koʻmir qazib olina boshlaydi. Koʻp odamlar togʻ-kon sanoati bilan kun kechirishadi. Korxonaga yangi kelayotgan ishchilar asosan togʻ etaklaridagi qishloqlar va Galisiyadan kelishgan[5].
Avstriya imperiyasi 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanadi va Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1880-yilda Freyshtadtning siyosiy yuridik okrug aʼzosiga aylangan.
1880—1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 2040 kishidan 1910-yilda 3952 kishiga koʻpaygan. Koʻpchilik aholi polsha tilida soʻzlashuvchilar boʻlib (1880-yilda 90,1% dan 1910-yilda 99% gacha oʻsgan), ular bilan birga chex tilida soʻzlashuvchilar soni (1880-yilda koʻpi bilan 158 yoki 7,8%, 0,1% dan 0,4% gacha tushib ketgan) va nemis tilida soʻzlashuvchilar (1880-yilda 43 ta yoki umumiy aholining 2,1% tashkil etgan). Din nuqtai nazaridan, 1910-yilda koʻpchilik aholi Rim-katoliklari (77,7%), protestantlar (21,1%), 3 ta yahudiy va boshqa dinga etiqod etuvchilar soni 42 kishi boʻlgan[6].
Birinchi jahon urushi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Siezin-Sileziyaning boʻlinishidan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Trans-Olza mintaqasi bilan birga u Polsha tomonidan qoʻshib olinadi, lekin maʼmuriy jihatdan Sileziya voevodeligining Frishtat okrugida tashkil etilgan[7]. Keyinchalik munitsipalitet Ikkinchi Jahon urushi boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinadi. Urushdan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiyaga tarkibiga qaytarilgan.
Munitsipalitetda 2021-yil holatiga koʻra umumiy aholi 1721 kishini tashkil etgan[8].
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 1 516 | — |
1880 | 2 040 | +34.6% |
1890 | 2 339 | +14.7% |
1900 | 3 135 | +34.0% |
1910 | 3 952 | +26.1% |
1921 | 3 831 | −3.1% |
1930 | 4 819 | +25.8% |
1950 | 4 500 | −6.6% |
1961 | 4 511 | +0.2% |
1970 | 4 036 | −10.5% |
1980 | 2 516 | −37.7% |
1991 | 1 714 | −31.9% |
2001 | 1 809 | +5.5% |
2011 | 1 728 | −4.5% |
2021 | 1 721 | −0.4% |
Munitsipalitetning eng diqqatga sazovor joyi — Avliyo Maryam Magdalalik cherkovidir. Cherkov haqida birinchi maʼlumotlar 1447-yilda hujjatlashtirilgan. Eski cherkov 1808-yilda yogʻochdan qurilgan boʻlib, keyinchalik esa 1906—1910-yillarda qurilish mahsuloti gʻishtga almashtirilgan[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.