From Wikipedia, the free encyclopedia
Soyabon partiyasi (inglizcha: "big tent party") yoki universal partiya (inglizcha: "catch-all party") — ijtimoiy tabaqalar doirasi, ikki qarama qarshilik " oʻng " va „ soʻl „ oʻrtasidagi tafovut va boshqa farqlardan qatʼi nazar, turli nuqtai nazarga ega odamlarni birlashtirishga intiladigan siyosiy partiyaning bir turi hisoblanadi.
Partiya a’zolik mezoni sifatida qandaydir maʼlum mafkuraga ega boʻlishni yoki unga amal qilishni talab qilmaydi. Ideal holda, bu partiyani bagʻrikeng va plyuralistik deb taʼriflash mumkin. Umuman olganda, bu partiyalar ancha yuzaki va noaniq mafkuraga ega va shunga mos ravishda aholining mutlaq koʻpchiligiga yoʻnaltirilgan hisoblanadi.
Bu turdagi partiyalarning asosiy maqsadi nomzodi mavjud boʻlgan saylovda imkon qadar koʻproq ovoz toʻplash, saylovlarda gʻalaba qozonish va hukumatni boshqarishdir. Buning uchun ular barcha mumkin boʻlgan ijtimoiy manfaatlar majmuasini qamrab olishga harakat qilishga urinadilar. Odatda bunday partiyalar markazchi sifatida joylashadilar. Saylovoldi tashviqoti chogʻida esa ular aholining bir lahzalik kayfiyatiga taʼsir etishga urinadilar, bunday usulni qoʻllashdan asosiy maqsad esa oʻz oʻzgarishlariga va oʻzlari tomonidan ilgari surilayotgan loyihalarga imkon qadar koʻproq insonlarni jalb etish hisoblanadi. Mafkuradagi maʼlum kamchiliklar nomzodlarning jozibador shaxsiy fazilatlariga eʼtibor berish orqali qoplanadi. Saylovoldi tashviqoti davrida partiyadan nomzodlarni tanlash, masalan, professionallik yoki tajribaga qaraganda, alohida nomzodning saylov resurslarini toʻliq jalb etish va undan foydalanish qobiliyati, nomzodning saylovoldi jozibadorligi bilan koʻproq aniqlanadi.
Ushbu atama 1966-yilda nemis siyosatshunosi Otto Kirxxaymer tomonidan “Gʻarbiy partiya tizimlarining transformatsiyasi“[1] nomli maqolasida Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlgan va saylovchilarning eng koʻp sonini oʻziga jalb etgan yangi tipdagi partiyalarni ifodalash uchun kiritilgan. Ushbu atama, shuningdek, Moris Dyuverjerning mashhur siyosiy partiyalar tipologiyasida kategoriya sifatida ham kiritilgan.
" La Republique En Marche!" partiyasi. „ - Emmanuel Makron tomonidan asos solingan partiya hamma narsani qamrab oluvchi xarakterga ega markazchi partiya deb ataladi[2].
Marin Le Pen boshchiligidagi Milliy front partiyasi ham „chap“, ham „oʻng“ saylovchilarni jalb qilishga qodir partiya hisoblanadi[3].
Germaniyada universal partiyalar keng tarqalgan, bular[4] :
Ularning barchasi Volksparteien („xalq partiyalari“) deb nomlangan universal partiya jamoalari hisoblanadi.
Bunday partiyaga misol sifatida AQSh Respublikachilar partiyasini keltirish mumkin.
Sobiq bosh vazir Toni Bler boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi.
"Xalq xizmatkori" — Vladimir Zelenskiy va Yevgeniy Yurdiga tomonidan asos solingan Ukraina siyosiy partiyasi, partiya nomi 2015—2019-yillardagi komediya seriali va 2016-yilda suratga olingan „Xalq xizmatchisi“ filmi sharafiga shunday nomlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.